10 apr 10:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Topuriyaning murabbiyi: "Agar Maxachev bilan jang amalga oshmasa, xafsalam pir bo'ladi"
Sobiq UFC chempioni Iliya Topuriyaning murabbiyi Xorxe Kliment rossiyalik Islam Maxachevga qarshi ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.
"Men bu jang amalga oshishini so'rab duo qilyapman. Bu katta jang. Islamning rejalari qandayligini bilmayman. U nimani xohlashini ham aniq bilmayman. Agar bu jang amalga oshmay qolsa, xafsalam pir bo'ladi. CHunki bu Iliya uchun juda katta imkoniyat deb hisoblayman", - dedi Kliment Submission Radio’ga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar