13 dek 21:43
Yangiliklar
Boks/MMA
To'rabek Habibullaev ham Jahon chempionatini ikkinchi o'rinda yakunladi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionati o'z nihoyasiga etib bormoqda.
Musobaqada -92 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan To'rabek Habibullaev finalda rossiyalik Muslim Gajimagomedovga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi va unda afsuski bokschimiz 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Malumot uchun, To'rabek bungacha Braziliya, Kuba va Ozarbayjor vakillarini mag'lubiyatga uchratib, finalga etib kelgandi.
U sentyabr oyida o'tkazilgan World Boxing Jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo'lgandi.
Muslim Gajimagomedov esa ikki karra Jahon chempioni, shuningdek Tokio Olimpiadasining kumush medali sohibi hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar