08 dek 20:18
Yangiliklar
Boks/MMA
To'rabek Habibullaev ishtirokidagi jang muddatidan oldin yakunlandi
Dubay shahri boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Musobaqada -92 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan To'rabek Habibullaev ilk jangini Braziliya vakili Kalil Luan Brasilga qarshi o'tkazdi.
Jang 2-raunddan so'ng yakunlandi. Ketma-ket o'tkazib yuborgan zarbalardan so'ng braziliyalik bokschi jangni davom ettirmaslikka qaror qildi.
SHu tariqa, To'rabek ham musobaqani g'alaba bilan boshladi.
Endi To'rabek Habibullaev navbatdagi bosqichda kubalik Xulio la Kruzga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar