05 dek 14:26
Yangiliklar
Boks/MMA

To'rabek Habibullaev nokaut evaziga g'alaba qozondi
Tailandning CHiangmay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'tkazilmoqda.
Bugun musobaqa doirasida -80 kg vaznli bokschimiz To'rabek Habibullaev afg'onistonlik Ahmad Samir Davrahiga qarshi ringga ko'tarildi.
To'rabek jangning 1-raundidayoq raqibini ringga qulatdi va nokaut evaziga g'alaba qozondi.
Endi u 8 dekabr kuni yarim finalda Qozog'iston vakili Erasil Jekpekovga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar