01 dek 14:09
Yangiliklar
Boks/MMA

To'rabek Habibullaev Osiyo chempionatini ishonchli g'alaba bilan boshladi
Tailandning CHiangmay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'tkazilmoqda.
Bugun -80 kg vaznli bokschimiz To'rabek Habibullaev musobaqadagi ishtirokini boshladi. U ilk bosqichda Tojikiston vakili Abdumalik Boltaevga qarshi ringga ko'tarildi.
Uch raund to'liq davom etgan bahsda hamyurtimiz 5:0 hisobidagi ishonchli g'alabaga erishdi va ikkinchi bosqichga yo'l oldi.
Endi To'rabek chorak finalda afg'onistonlik Samir Davrai Ahmadga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu jang 5 dekabr kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar