So’nggi yangiliklar

19:48Топурия Гэтжининг хотини ҳақидаги сўзларига "ответ" қилди: "Тез орада гапиришдан тўхтайди" 0 19:02Василий Ломаченконинг рақиби айтилди 0 18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0 13:33UFC собиқ юлдузи иштирокида ўтиши керак бўлган Қозоғистондаги ММА турнири пул туфайли бекор бўлди 0 13:00Эрон терма жамоаси футболчилари ЖЧ-2026 бошланишига бир ҳафта қолганда АҚШга кириш визасини олишди 0 11:53"Жанглар бизнесдан осонроқ эди, чунки..." - Хабиб Нурмагомедов бизнес лойиҳалари ҳақида гапирди 0 10:31Билол Муҳаммад ва бошқалар. UFC Fight Night 278 турнири иштирокчилари тарозига чиқишди (+барча жанглар рўйхати) 0 09:57Разамбек Жамалов RAF кураш лигаси билан шартнома имзолади 0 19:23Ўзбек клублари ЖЧ-2026 орқали қанча даромад топади? 0

30 okt 11:56
Yangiliklar

Kurash

To'raqo'rg'onda yosh polvonlar bellashmoqda + FOTO

Bugun 30 oktyabr kuni Namangan viloyatining To'raqo'rg'on tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur chempionatda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 300 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishmoqda.

Dastlab, musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.

Bayramona bezatilgan sportzalida o'tgan ochilish marosimida ishtirok etgan O'zbekiston Belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Namangan viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SHokirjon Karabaev, To'raqo'rg'on tuman hokimi o'rinbosari Muzaffar Usmonovlar o'z tabrik so'zlarida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga berilayotgan yuksak etibor haqida takidlab o'tishdi va musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi.

SHundan so'ng bellashuvlarga start berildi.  

Eslatib o'tmiz, mazkur chempionatda o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 11 ta vazn toifasida kuch sinashishsa, qizlar erkin yo'nalishda 7 ta vazn toifasida g'oliblik uchun bahs olib borishadi.

Musobaqa 1 noyabrga qadar davom etadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing