05 avg 13:23
Yangiliklar

To'rt nafar bokschimiz Osiyo chempionati yarim finalida!
Kecha turnir doirasida 7 nafar bokschimiz ringga ko'tarildi. Bahslarda ishtirok etgan bokschilarimizning barchasi g'alaba qozondi.
Jang yakunlariga ko'ra, SHavkatjon Boltaev, SHahboz Hamidullaev, Aynazar Kenesbaev va Husanboy Rihsiboev yarim finalga yo'l oldi.
CHorak final natijalari:
-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov - Arar Muhammad (Saudiya Arabistoni) (Bokschimiz 1-raundda raqibini nokaut qildi)
-43 kg: Umidillo Abdurasulov - Zain Ibrohim (Falastin) (Bokschimiz 1-raundda raqibini nokaut qildi)
-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov - SHishani Jafar (Iordaniya) (3-raundda raqibini nokaut qildi)
-64 kg: SHavkatjon Boltaev - Xavi Mahdi Raad (Iroq) (2-raundda raqibini nokaut qildi)
-67 kg: SHahboz Hamidullaev - Muhammad Dursunov (Qirg'iziston) 5:0
-70 kg: Aynazar Kenesbaev - Dulkumoni Abdallah (Iordaniya) 5:0
+70 kg: Husanboy Rihsiboev - Muhammad Alsaidi (Quvayt) (avtomatik g'alaba)
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar