So’nggi yangiliklar

15:04Фақат уч мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб эта олган 0 14:43Мирафзал Ахтамов қайтмоқда: У Усман Нурмагомедов билан бир кардда жанг қилади, рақиб ҳам аниқ (Тўлиқ кард) 0 14:22Тўрабек Назарқулов Жаҳон чемпионати совриндори! 0 14:01Муҳаммаджон Қурбонов Naiza 76 турнирида бразилиялик рақибини нокаутга учратди (ВИДЕО) 0 13:40"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 млн евро тўлашга тайёр 0 13:19Телманов Junior Asian Cup 2025 ғолиби! Абдураззоқовда иккита медаль, Ҳимматов ҳам шоҳсупада 0 12:58Асу Алмабаевга 25 та ғалабаси бор жангчи "вызов" ташлади 0 12:37Ўзбекистон пара велоспорт терма жамоаси катта таркибда ЖЧга боради 0 12:16Лука Модрич А Серия рекордини ўрнатди 0 11:53Нодирбек Якуббоев асосий рақиби билан дуранг ўйнади 0 11:32Мартон Фучович Winston-Salem Open чемпиони! 0 11:11Исроил Мадримовнинг вазнида кутилмаган чемпион 0 10:43Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи 0 10:17Россиялик теннисчи Мексикада чемпион бўлди 0 09:51Усман Нурмагомедов: "Бир йилдан кейин UFC`да бўламан — ўшанда гаплашамиз" 0

27 avg 13:48
Yangiliklar

Boks/MMA

"To'rt nafar Olimpiada chempioni jam bo'lganida". Toshkentda Xalqaro boks kuni munosabati bilan fleshmob tashkil etildi

Xabar berib o'tganimizdek, 27 avgust kuni Xalqaro boks kuni sifatida nishonlanadi.

SHu munosabat bilan, bugun Toshkent shahridagi "Ekopark"da katta fleshmob tashkil etildi. Unda Olimpiada chempionlari - Muhammadqodir Abdullaev, Hasanboy Do'smatov, SHahobiddin Zoirov, Fazliddin G'oibnazarov, shuningdek yosh bokschilar, murabbiylar, muxlislar va OAV xodimlari ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida Olimpiada chempionlari yosh bokschilarga master-klass namoyish etishdi. O'z navbatida tadbir ishtirokchilari bo'lgan yosh bokschilar o'z kumirlarining harakatlarini takroran bajarib, o'ziga xos fleshmobni tashkil etib berishdi. Tokio Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov ayni paytda bugungi sana munosabati bilan Serbiyada bo'lganigi bois, bugungi tadbirda ishtirok eta olmadi.

Fleshmobdan so'ng muxlislar uchun avtograf sessiya tashkil etildi. Bu esa fotosessiyaga ulanib ketdi. SHu tariqa, o'zbek boksining to'rt nafar Olimpiada chempioni ishtirokidagi tadbir o'z yakuniga etdi. 

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati


Tadbirdan ajoyib suratlarni tomosha qiling. 

Suratlar muallifi: Aziz To'xtamurodov

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing