14 noy 11:15
Yangiliklar
Boks/MMA

To'rtta vazn qiroli yana bir chempionga qarshi ringga ko'tariladi
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida IBF yo'nalishi chempioni Errol Spens to'rtta vazn chempioni Mayki Garsiyaga qarshi jang o'tkazadi.
Garsiya ayni paytda engil vazn toifasi chempioni bo'lib turibdi. Ikki chempion o'rtasidagi superchempionlik jangi 2019 yilning 16 mart kuni AQSHning Dallas shahridagi AT&T Stadium stadionida bo'lib o'tadi. Mazkur jang pullik (PPV) tizimda FOX telekanalida translyaciya qilinadi.
- Bu men uchun katta chaqiruv. SHaxsan o'zim ham bunday katta janglarning o'tkazilish tarafdoriman. Ochig'ini aytsam, ayni paytda o'zim uchun Spensdan ko'ra munosibroq raqib ko'rmayapman, - dedi Garsiya ESPN kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar