27 dek 10:16
Yangiliklar
Boks/MMA

To'rtta vaznda sobiq jahon chempioni sudga kelmagani uchun xibsga olindi
Professional boksning to'rtta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Edrien Broner sud zalida hozir bo'lmagani uchun xibsga olindi.
Florida shtati policiya mahkamasiga keltirilgan bokschi keyinchalik garov evaziga ozodlikka chiqarilgan. Bronerni xibsga olish haqidagi order uning sud majlisiga kelmaganidan so'ng berilgan.
Bronerning sud jarayoni 2017 yilning dekabridan to shu kungacha cho'zilib kelyapti. O'shanda Edrien avtoulovni haydovchilik guvohnomasisiz boshqargani, tezlikni belgilangan meyordan oshirgani, transport vositasi sug'urtasi bo'lmagani, ro'yxatdan o'tmaganligi kabi bir nechta ayblovlar bilan sudga chaqirilgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar