So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

09 iyu 21:53
Yangiliklar

Boshqalar, Osiyo o'yinlari

“Toshkent-2025” IV yoshlar Osiyo o'yinlari uchun quriladigan Olimpiya shaharchasi loyihalari o'rganilmoqda

SHu munosabat bilan Turizm va sport vazirligida IV yoshlar yozgi Osiyo o'yinlariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Milliy Olimpiya qo'mita raisi Rustam SHoabduraxmonov, vazirlik va MOQ xodimlari hamda sport federaciya va associaciyalarining masul vakillari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda Olimpiya shaharchasi qanday ko'rinishda bo'lishi, unda sport turlariga ixtisoslashgan majmualar barpo etilishi, shaharcha nafaqat IV yoshlar yozgi Osiyo o'yinlari uchun xizmat qilishi, balki undan keyin ham bu erdan samarali foydalanish borasida taklif va mulohazalar o'rganildi. 

 “Jahon tajribasidan malumki, yirik kompleks musobaqalar uchun maxsus barpo etilgan sport majmualari keyinchalik qarovsiz ahvolda qoladi va bu mamlakat iqtisodiyoti uchun katta zarar keltiradi. Bunga Afina-2004 yoki Rio-2016 kabi nufuzli musobaqalar uchun barpo etilgan zamonaviy sport inshootlari bugungi kunda ayanchli ahvolda qolib ketayotganini misol keltirish mumkin. SHuning uchun “Toshkent-2025” IV yoshlar yozgi Osiyo o'yinlari uchun quriladigan Olimpiya shaharchasidan keyinchalik ham yurtimiz yoshlari samarali foydalanishi, qolaversa ushbu kompleks yurtimizda Olimpizm harakatini rivojlantirish uchun xizmat qilishi, Olimpiya shaharchasi kelajakda ushbu sohada ilmiy salohiyat, malakali talim va zamonaviy mashq jarayonlarini o'zida mujassam etgan yirik markazga aylanishi lozim”, - deb takidladi A.Abduxakimov.

Olimpiya shaharchasida sportning 20dan ortiq turi bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. SHuningdek, IV yoshlar yozgi Osiyo o'yinlaridan keyin ushbu maskandan maqsadli foydalanish maqsadida bu erda “Olimpiya universiteti” tashkil qilinishi va undan talim yo'nalishlari hamda sport turlarining asosiy bazasi sifatida foydalanish, sport tibbiyoti bo'yicha ilmiy-amaliy markaz, sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalarning ofislari joylashishi rejalashtirilmoqda.

Inshoot va majmualar engil konstrukciyali, muxlislar uchun o'rindiqlar o'zgaruvchan (transformaciyalashgan) bo'lishi hisobga olinadi.

Olimpiya shaharchasida 10dan ortiq sport obekti, 3 000 kishiga mo'ljallangan yotoqxona, 1 000 o'rinli oshxona, 1 000 nafar yoshga mo'ljallangan sport talim muassasasi (Osiyo o'yinlari paytida bu joy Tashkiliy qo'mita binosi vazifasini bajaradi), “Olimpiya universiteti”da faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlar hamda ishchilarning farzandlari uchun 100 o'rinli maktabgacha talim muassasasi (musobaqa davrida esa tibbiyot markazi) barpo etilishi ko'zda tutilgan.

Bu erda IV yoshlar yozgi Osiyo o'yinlarining tantanali ochilish va yopilish marosimi, shuningdek futbol hamda engil atletika musobaqalarini o'tkazish uchun 30 ming tomoshabinga mo'ljallangan zamonaviy futbol stadioni, suv sporti turlari, velotrek, jamoaviy o'yin turlari (voleybol, basketbol, gandbol, futzal)ga ixtisoslashgan yopiq manej, inshoot majmuasi, badminton saroyi, qilichbozlik zali, sportning yakkakurash turlariga mo'ljallangan arena, universal saroy hamda eshkak eshish kanali barpo etiladi.

Yig'ilishda soha mutaxassislari ushbu g'oyani qo'llab-quvvatlashgan holda o'z taklif va fikr-mulohazalari bilan ham o'rtoqlashdi.

Kompleksdagi inshootlarning barchasi keyinchalik “Olimpiya universiteti”ning o'quv-mashg'ulot bazasiga aylantirilishi ko'zda tutilmoqda. SHuningdek, ko'plab sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalar ham shu joyga ko'chirilishi, sport tibbiyoti markazi, zamonaviy multimedia markazi qurilib, kelgusida bu maskan 24/7 rejimida ishlab, mamlakatda sport sohasini rivojlantirish, Olimpiya sport turlari bo'yicha terma jamoalarga etuk malakali va iqtidorli sportchilarni tarbiyalovchi ilmiy maskanga aylantiriladi. Pirovard natijada 2025 yilgi IV yoshlar yozgi Osiyo o'yinlari uchun maxsus quriladigan Olimpiya shaharchasi keyinchalik uzoq yillar davomida O'zbekiston sportining taraqqiyoti yo'lida xizmat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing