20 okt 18:01
Yangiliklar
Qilichbozlik

Qilichboz Musa Aymuratov Istanbul Satellite turnirida bronza medalini qo'lga kiritdi
Turkiyaning Istanbul shahrida qilichbozlikning sablya yo'nalishi bo'yicha Satellite tasnifidagi musobaqa o'tkazildi.
Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azolaridan Musa Aymuratov bronza medali bilan taqdirlandi.
Hamyurtimiz saralashda Avstriya, Turkiya va Italiya vakillarini, chorak finalda terma jamoamizning boshqa bir vakili Sardor Abdukarimbekovni mag'lubiyatga uchratishga erishdi.
Biroq yarim finalda mezbon sportchilardan biriga imkoniyatni boy berdi va uchinchi o'rinni egalladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar