25 sen 16:58
Yangiliklar

Toshkent "CHellenjer" turnirining so'nggi chempioni uylandi + FOTO
O'sha turnirda kanadalik Feliks Oje-Alyassim turnir bosh sovrinini qo'lga kiritgandi. O'shanda 18 yoshli Feliks musobaqaning asosiy to'riga saralash bahslaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki sabab etib kelgandi. CHorak finalda turnirning ikkinchi raketkasi Denis Istominni 7/6(4), 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratgan Oje bosh sovrin uchun kechgan bahsda polshalik Kamil Mayrjakdan ustun (6/3, 6/2) kelgandi.
Hozirda dunyoning 13-raketkasi bo'lib turgan Feliks Oje-Alyassim bo'ydoqlik bilan xayrlashdi. 25 yoshli tennischi Nine Gaybi bilan hayot yo'llarini bog'ladi. Juftlik 2019 yildan beri uchrashib kelardi. To'y Marokashda o'tkazildi.
Kanadalik bu yilgi mavsumda US Open — 2025 1/2 finaliga qadar etib bordi. Avstraliyaning Adelaida hamda Franciyaning Monpele shaharlarida tashkil etilgan ATP-250 toifasiga kiruvchi turnirlarda chempion bo'ldi.
Fikrlar