So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

04 iyu 18:13
Yangiliklar

Og'ir atletika

Toshkent og'ir atletika bo'yicha jahon chempionatiga tayyor

Teglar :  Og'ir atletika
Xabar qilganimizdek, ertadan diyorimizda og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati boshlanadi.

Mazkur yirik sport anjumaniga er yuzining 50 ga yaqin davlatidan 350 dan ziyod sportchi va murabbiylar, mutaxassislar tashrif buyurmoqda.

Malumki, O'zbekiston nufuzli sport musobaqalarini o'tkazish bo'yicha katta tajribaga ega. Bunday salohiyatga o'z-o'zidan erishilmagan, albatta. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga Davlat miqyosida ahamiyat berilishi, natijada yigit-qizlarimizning ko'plab sport turlari bo'yicha jahon miqyosida zalvorli yutuqlarni qo'lga kiritishi dunyo ahli etiborini Vatanimizga qaratdi. Jumladan, og'ir atletikachilarimiz ham keyingi yillarda nafaqat Osiyo, balki jahonning etakchi davlari qatoridan haqli ravishda o'rin egalladi. 

SHu bois, endilikda ushbu sport turi bo'yicha eng yirik musobaqalarni o'tkazish mamlakatimizga topshirilishi odatiy holga aylandi. Respublikamiz Osiyo musobaqalarini juda ko'p marta qabul qilgan. 2013 yil Toshkentda II o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi 17 yoshgacha bo'lgan atletlar o'rtasidagi jahon chempionati katta muvaffaqiyat bilan o'tkazilgan. 

Mana endi navbatdagi yosh toifasi – 20 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasidagi jahon chempionatini o'tkazish huquqi O'zbekistonga berildi. Aniqrog'i, bu huquq shunchaki berilmasligi kundek ravshan. Mamlakatimizdagi siyosiy barqarorlik, tinchlik-xotirjamlik, jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan alohida etibor, sportchi va murabbiylarimizning yuqori natijalari – Olimpiya o'yinlari, jahon va qita musobaqalarida doimiy ravishda qo'lga kiritilayotgan medallar – bularning barchasi mana shunday yuksak ishonchni taminlab berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing