08 iyu 12:21
Yangiliklar
Sambo
Toshkent sambo bo'yicha 2025 yilgi Osiyo va Okeaniya chempionatiga mezbonlik qiladi
Bugun, 8 iyun kuni Astana shahrida Osiyo-Okeaniya sambo uyushmasining navbatdagi Kongressi tashkil etildi.
Unda tashkilotga azo milliy federaciya va associaciya vakillari ishtirok etishdi. Yurtimiz nomidan O'zbekiston sambo associaciyasi raisi Alisher Alimov mazkur Kongressda qatnashdi.
Kongress davomida bir qator tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi. SHu jumladan, oldinda turgan musobaqa mezbonlari ham aniqlandi.
Unga ko'ra, 2025 yil sambo bo'yicha Osiyo va Okeaniya chempionati mezbonligi uchun Toshkent shahri davogarlik qilgandi. Unga ko'ra, poytaxtimiz varianti bir ovozdan qo'llab-quvvatlandi.
SHu tariqa, 2 yildan keyingi Osiyo-Okeaniya chempionati O'zbekiston poytaxti Toshkent shahrida o'tkaziladigan bo'ldi.
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar