01 jan 11:55
Yangiliklar
Tadbirlar
Toshkent shahrida ham yil yakuni sarhisob qilindi
Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmasining kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilish jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori, professor I.Tursunaliev, Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig'i A.Vakilov boshchiligida o'tkazildi.
Yig'ilish davomida bosh boshqarma va uning tasarrufidagi sport talim muassasalarining 2022 yilda amalga oshirilgan ishlari sarhisob qilindi. Bunda barcha yo'nalishlar doirasida bosh boshqarma xodimlari tomonidan yil yakuni bo'yicha hisobotlari tinglandi va 2023 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yig'ilish yakunida jismoniy tarbiya sport sohasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar munosib taqdirlandi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar