So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

08 iyu 14:27
Yangiliklar

Kurash

Toshkent tumanida ananaviy "Keles Open" xalqaro turniri o'tkazildi

Teglar :  KurashKeles Open
6-7 iyun kunlari Toshkent tumani sport maktabiga qarashli "Universal" sport majmuasida sportning karate WKF turi bo'yicha "Keles Open" ananaviy 7- xalqaro turniri bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi, Toshkent viloyati sport boshqarmasi, Toshkent tumani hokimligi, O'zbekiston karate WKF associaciyasi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent tumani bo'limi hamda Toshkent tumani sport maktabi "Keles Karate" sport klubi bilan hamkorlikda o'tkazilgan mazkur xalqaro turnir yuqori saviyada tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 noyabrdagi PQ- 356 sonli "Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosini taminlash hamda iqtidorli sportchilarni saralash orqali terma jamoalarga munosib nomzodlarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqada viloyatlar, Toshkent shahri va qo'shni Qirg'iziston, Tojikiston davlatlardan 4 yoshdan 18 yoshgacha va 18 yoshdan katta bo'lgan 1000 nafarga yaqin sportchilar g'oliblik uchun kurash olib borishdi.

Murosasiz va qizg'in bahslarga boy tarzda o'tgan ettinchi ananaviy turnirni Toshkent tumani sport maktabi murabbiyi, "Keles Karate" sport klubi rahbari Dilshod Yusupov, musobaqa bosh kotibi Xurshid SHodibekov, bosh hakam Sanjar Maqsudov hamda bir guruh hakamlar guruhi boshqarib borishdi.

Turnir doirasida tantanali ochilish va g'oliblarni taqdirlash marosimi ham tashkil etildi. Yuqori saviyada o'tkazilgan ushbu tadbirda Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev ishtirok etib, kuchli uchlikdan joy olgan yosh karatechilarga diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirdi.

Ikki kun davom etgan murosasiz bellashuvlarning yakuniy natijalirga ko'ra, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni Toshkent viloyati jamoasi qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni Toshkent shahri jamoasi egallagan bo'lsa, ikkita uchinchi o'rin Qashqadaryo va Sirdaryo viloyati jamoalariga nasib etdi.

Musobaqada barcha vazn toifasiga ko'ra, g'olib va sovrindorlar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.


Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing