So’nggi yangiliklar

19:48Топурия Гэтжининг хотини ҳақидаги сўзларига "ответ" қилди: "Тез орада гапиришдан тўхтайди" 0 19:02Василий Ломаченконинг рақиби айтилди 0 18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0 13:33UFC собиқ юлдузи иштирокида ўтиши керак бўлган Қозоғистондаги ММА турнири пул туфайли бекор бўлди 0 13:00Эрон терма жамоаси футболчилари ЖЧ-2026 бошланишига бир ҳафта қолганда АҚШга кириш визасини олишди 0 11:53"Жанглар бизнесдан осонроқ эди, чунки..." - Хабиб Нурмагомедов бизнес лойиҳалари ҳақида гапирди 0 10:31Билол Муҳаммад ва бошқалар. UFC Fight Night 278 турнири иштирокчилари тарозига чиқишди (+барча жанглар рўйхати) 0 09:57Разамбек Жамалов RAF кураш лигаси билан шартнома имзолади 0 19:23Ўзбек клублари ЖЧ-2026 орқали қанча даромад топади? 0

05 mar 09:29
Yangiliklar

Kurash

Toshkent viloyati jamoasi “Kurash malikalari kubogini”ni qo'lga kiritdi

Teglar :  Kurash
Kecha 4 mart kuni poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida kurash bo'yicha xotin - qizlar o'rtasida ilk bor “Kurash malikalari kubogi” Respublika musobaqasi bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqa O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori ijrosini taminlash, shuningdek, milliy qadriyatlarimizdan bo'lmish kurashni yanada rivojlantirish, jahon sport olamida obrusini yuksaltirish, xotin-qizlar o'rtasida  kurashning  ommaviyligini oshirish maqsadida hamda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tashkil etildi.   

Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan beshta vazn toifasida (48kg., 57 kg., 63 kg., 70 kg., +70 kg.,) 75 nafar kurashchi xotin-qizlar jamoaviy bellashuvlarda g'oliblik uchun kurash tushishdi.

Kurash muxlislari bilan to'lib toshgan  “Universal” sport saroyida  kurash har qachongidan-da o'zgacha tarzda  o'tdi.  Jamoalarning g'oliblikka bo'lgan zo'r ishtiyoqi tufayli polvon malikalarning har bir chiqishi, kurash tushishlari shiddatli tus oldi. Kunning birinchi yarmida muxlislar   jamoalarning yarim finalga qadar bahslariga guvoh bo'lishdi. Yarim finalga Toshkent shahri, Surxondaryo, Toshkent va Samarqand viloyati malikalari etib kelishdi. Kunning ikkinchi yarmida yarim final va final bellashuvlari o'kazildi. Undan avval esa musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkillashtirildi. Dastlab, marosimda so'z olgan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, Milliy Olimpiya Qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov,  O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o'rinbosari Svetlana Ortiqova, O'zbekiston kurash federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Komil Yusupovlar barchani ushbu ilk musobaqa bilan  qutlar ekan, mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida  jismoniy tarbiya va sportga, milliy sport turlariga, xususan, milliy kurashga  qaratilayotgan yuksak etibor haqida to'xtalib, barcha kurashchi - xonimlarga omad tilashdi. El ardog'idagi sanat ustalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlari, jajji qizaloqlarning raqs tomoshalari ko'ngillarga zavq-shavq bag'ishladi.  

SHundan so'ng yana kurash boshlandi. Endi yuqorida aytib o'tilgan to'rt jamoa ikkiga bo'linib, final sari bor mahoratlarini ishga solishdi. Kurash davrasiga dastlab, Surxondaryo va Toshkentlik kurashchi –maliklar taklif etildi. Ushbu jamoviy kurashda surxondaryolik polvonlarning qo'li baland kelib, 3:2 hisobi bilan finalga yo'l oldi. Ikkinchi yarim finalda Samarqand va Toshkent viloyati jamoalari to'qnash kelishdi. Bu jamoalar o'rtasidagi  natija ham 3:2 hisobi bilan qayd etildi va  Toshkent viloyati jamoasi finalga ko'tarildi. Final.Hal qiluvchi bellashuvlarda Toshkent viloyati kurashchilari musobaqaga puxta tayyorgarlik ko'rgan shekilli, raqiblari bo'lmish Surxon jamoasini yana 3:2 natijasiga ko'ra mag'lub etib, g'oliblikni tantana qilishdi. Demak, g'olib va sovrindor jamoalarning vakilalari bilan tanishamiz.

Birinchi o'rin (Toshkent viloyati )

-48 kg. Savrinso Abdullaeva

-57 kg.Zarnigor Rahmiddinova

-63kg. Malikaxon Qaxxarova

-70 kg. Mamlakat Sultonova

 +70 kg. Fotima Qurbonboeva

Ikkinchi o'rin (Surxondaryo viloyati)

-48 kg.Moxinur Mo'minova

-57 kg. Iroda Mamashaeva

-63 kg. SHohista Nazarova

-70 kg. Mingdona CHorieva

+70 kg. Yulduz Muxammadieva

Uchinchi o'rin (Toshkent shahri)

48 kg. Zuhra Haitboeva

-57 kg. Sitora Elmurodova

-63 kg. Sevinch Isoqova 

-70 kg. Xojiniso Kamoliddinova

+70 kg. Saneayim Erkinbaeva

Uchinchi o'rin (Samarqand viloyati)

-48 kg. Jasmina Vladimirova

-57 kg. Gulnoza Ziyaeva

-63 kg. Mashhura Pardaeva 

-70 kg. Sarvinoz Esonova -70 kg.

+70 kg. Gulmira Ismatova

Musobaqalar yakuniga etgach, kuchli uchlikdan joy olgan kurashchi malikalarni tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Faxrli birinchi o'rinni egallagan Toshkent viloyati jamoasiga “Kurash malikalari kubogi”, diplom, medal va 50 000 000 (Ellik million) so'm pul mukofoti topshirildi. Ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan Surxondaryo  jamoasi diplom, medal va 30 000 000 (O'ttiz million) so'm mukofoti bilan taqdirlanishdi. Uchinchi o'rinni band etgan Toshkent shahri va Samarqand viloyati jamoalariga diplom, medal va 10 000 000 (o'n million) so'mdan pul mukofotlari berildi. Bundan tashqari  xotin-qizlar o'rtasida turli nominaciyalar bo'yicha ham g'oliblar   aniqlandi.

“Eng mohir kurash malikasi” – Yulduz Muhammadieva (Surxondaryo)  

“Eng yaxshi ayol hakam” – Sevara Dehqonova (Farg'ona) 

“Eng yaxshi qizlar murabbiysi”- Umida Matyakubova (Toshkent sh.)

“Eng yaxshi ayollar murabbiysi” – Manzura Tursunova (Surxondaryo) 

“Eng faol tashkilotchi ayol” – Zulxumor Ro'zieva (Toshkent ) 

“Xorijlik kurash fidoyisi – Song Xeng (Janubiy Koreya)

“Kurashning fidoyi sanatkori” – Gulbahor Erqulova (Toshkent)

 Mazkur nominaciyalarni qo'lga kiritgan xotin –qizlar ham tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi      

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing