21 dek 08:42
Yangiliklar
Bolalar sporti
Toshkent viloyati sportiga yangi rahbar tayinlandi
Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Axborot xizmatining xabariga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 19 dekabrdagi 278-sonli buyrug'i bilan Adilov Komiljon Eshpo'latovich Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
K.Adilov 1986 yil Toshkent viloyatining Toshkent tumanida tug'ilgan. U shu vaqtga qadar Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Zangiota tumani Bolalar - o'smirlar sport maktabi direktori hamda O'zbekiston karate Milliy federaciyasi vice prezidenti lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.
Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshkarmasi
Havola :
Fikrlar