14 fev 19:19
Yangiliklar

Toshkentda boks bo'yicha Osiyo chempionati o'tkaziladi
Bu haqida bugun Osiyo boks konfederaciyasi malum qildi.
30 aprel - 7 may kunlari bo'lib o'tadigan qita chempionatida 1977-1998 yillarda tavallud topgan bokschilar ishtirok etishlari mumkin.
Ushbu turnir shu yili avgustda Germaniyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati uchun saralash vazifasini ham o'taydi.
Eslatib o'tamiz, 2015 yilda Toshkent o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgan va turnir o'shanda muvaffaqiyatli o'tgandi.
Takidlab o'tish lozimki, Gamburgdagi jahon chempionatiga Osiyo vakillari uchun 60 ta o'rin ajratilgan. Xar bir yo'nalishda 6 tadan licenziya jahon chempionati yo'llanmasi uchun o'ynaladi. Ushbu turnirda Olimpiada chempionlari Hasanboy Do'smatov, SHahobiddin Zoirov kabi bokschilarimiz ham ishtirok etishlari kutilmoqda.
Fikrlar