16 may 13:19
Yangiliklar
Toshkentda bronza olgan bokschi havaskordagi faoliyatini yakunladi
Endi 28 yoshli rossiyalik bokschi bor etiborini professional boksga qaratadi.
"Toshkentdagi jahon chempionati men uchun faoliyatimdagi birinchi va oxirgisi bo'ldi. Yodingizda bo'lsa, men Olimpiadadan keyinoq prof boksga o'tishim haqida gapirgandim. Afsuski, o'tgan yilning kuzida professional boksdagi jangim amalga oshmay qoldi. Keyin CHitadagi Rossiya chempionatida g'alaba qozonib, Toshkentdagi jahon chempionatiga yo'l oldim. Takror aytaman, bu mening birinchi va oxirgi jahon chempionatim bo'ldi. Boshqa havaskor miqyosdagi musobaqalarda jang o'tkazmayman. Bunga 100% kafolat beraman. Mening jang olib borish uslubim aynan professional boksga to'g'ri keladi", — dedi Match TV telekanaliga bergan intervyusida.
Malumot uchun, Imam Xataev professional boksdagi debyut jangini 2021 yilning noyabr oyida o'tkazgan, hisobida 3 ta nokautli g'alaba bor.
Fikrlar