So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

18 dek 10:38
Yangiliklar

Kurash

Toshkentda g'oliblari 10 000 $ qo'lga kiritgan Prezident sovrini uchun musobaqa o'tkazildi + FOTOGALEREYA

Kecha poytaxtimizdagi "Universal" sport majmuasida milliy kurashimiz bo'yicha World Series Pro xalqaro musobaqasi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tashkil etilgan ushbu musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 170 000 AQSH dollaridan iborat bo'lib, har bir vazn chempionlari 10 000 dollarga ega chiqishdi. 

Bu yil World Series Pro turniri jami 10 ta vazn (erkaklar 6 ta, ayollar 4 ta) toifasida o'tkazilib, unda jahon va qita chempionatlari hamda xalqaro turnirlarda yuqori reyting ochkolarini qo'lga kiritgan 18 davlatdan 80 nafar kurashchi finalga yo'llanma olgandi. Kecha "Universal" sport saroyi gilamlarida ana shu 80 kurashchi sovrinli o'rinlar uchun o'zaro bellashdi. 

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Xalqaro Kurash associaciyasi Birinchi vice-prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, O'zbekiston Kurash federaciyasi raisi, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig'matilla Yo'ldoshev, Xalqaro Kurash associaciyasi vice-prezidentlari – Afrika Kurash ittifoqi prezidenti Tomas Dunker, Evropa Kurash konfederaciyasi prezidenti Mirab Iliadis, IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiri hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

Erkaklar o'rtasidagi eng og'ir vazn toifasidagi bellashuvlar ko'pchilikning qiziqishiga sabab bo'lgandi. Kutilganidek, unda bir necha karra jahon chempioni Muhsin Hisomiddinov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medal hamda 10 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qo'lga kiritdi. Muhsin polvon finalda tojikistonlik SHakarmamad Mirmamadovni mag'lubiyatga uchratdi. 

Barcha g'olib va sovrindorlar:

ERKAKLAR

-66 kg vazn toifasi

1. Otabek Hasanov (O'zbekiston)

2. Majid Vahid (Eron)

3. Bray Luchian (Moldova)

3. Ugur Zehir (Turkiya)


-73 kg vazn toifasi

1. Maulenin Abilkayir (Qozog'iston)

2. Pakdel Elias (Eron)

3. Konstantin Zorya (Moldova)

3. Simon Vebber (Janubiy Afrika Respublikasi)


-81 kg vazn toifasi

1. Arslonbek Tojiev (O'zbekiston)

2. Ramin Ahmadzoda (Eron)

3. Dayanch Omirov (Turkmaniston)

3. Bekadil SHaymerdenov (Qozog'iston)


-90 kg vazn toifasi

1. Erkin Qozoqov (O'zbekiston)

2. Umar Bozorov (O'zbekiston)

3. Halil Simen (Turkiya)

3. Muhammad Azaz (Misr)


-100 kg vazn toifasi

1. SHermuhammad Jandriev (O'zbekiston)

2. Masud G'avibazu (Eron)

3. Hamed Rashidi (Eron)

3. Jamshid Mamatrahimov (O'zbekiston)


+100 kg vazn toifasi    

1. Muhsin Hisomiddinov (O'zbekiston)

2. SHakarmamad Mirmamadov (Tojikiston)

3. Fares Eltayeb (Misr)

3. Muhammadkarim Hurramov (O'zbekiston)


AYOLLAR

-52 kg vazn toifasi

1. Hilola Ortiqboeva (O'zbekiston)

2. Arezu Salimig'alehtaki (Eron)

3. Daniki SHipers (Janubiy Afrika Respublikasi) 

3. Rozimenli Meymanova (Turkmaniston)


-63 kg vazn toifasi

1. Van-Ting Li (Xitoy Taypeyi)

2. Komila Qahhorova (O'zbekiston)

3. Vladlena Guseva (Rossiya)

3. Tohiri Azaprivand (Eron)


-78 kg vazn toifasi 

1. Filura Ergasheva (O'zbekiston)

2. Sabina Kadirova (Turkmaniston)

3. Saba Karamali (Eron)

3. Azra Ozkan (Turkiya)


+87 kg vazn toifasi 

1. Yulduz Muhammadieva (O'zbekiston)

2. Fatima Bermaki (Eron)

3. Samriti (Hindiston)

3. Atabay Obru (Turkiya)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing