08 fev 12:09
Yangiliklar
Toshkentda “Humo” ko'p tarmoqli muz saroyi qurilishi boshlandi
Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu noyob loyiha O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining ijtimoiy tashabbusi hisoblanadi.
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish Harakat strategiyasida qayd etilganidek, yoshlar siyosatini takomillashtirish yo'nalishlaridan biri “yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo'llab-quvvatlash, bolalar va yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish”ga qaratilgan. Ekspertlarning fikricha, poytaxtimizda barpo etilayotgan ushbu majmua mamlakatda sportni yanada rivojlantirish ishida qudratli lokomotiv bo'lishi kutilmoqda.
12 ming kishilik tribunaga ega ko'p funkcional saroy hududida muz arenasi, mashg'ulotlar o'tkaziladigan maydon, o'quv-ko'ngilochar bolalar xiyoboni, oilaviy ko'ngilochar markazlar, amfiteatr, favvorali xushmanzara bog'lar, restoran va rekracion zonalar, bog' va sayilgoh, zamonaviy parking va boshqa ko'plab inshootlar joylashadi. Ularda jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar uchun ham barcha sharoitlar yaratiladi.
Mazkur majmua dunyodagi etakchi arxitektorlik byurolaridan biri bo'lgan va 2018 yilda Koreya Respublikasining Pongchang shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan qishki Olimpiya o'yinlari uchun xam barcha olimpiya obektlarni loyihalashtirgan byuroning eksklyuziv loyihasi bo'yicha, arxitektura va dizayn sohasidagi eng zamonaviy tendenciyalardan foydalangan xolda, halqaro sport federaciyalarining oliy darajadagi musobaqalar o'tkazish bo'yicha standart va talablarga muvofiq quriladi. Muz saroyi dizaynida zamonaviy qurilish echimlari va ilg'or texnologiyalar milliy madaniyat elementlari bilan uyg'unlashib ketadi, jumladan inshootning memoriy g'oyasidan muhabbat, baxt va xurlik ramzi bo'lgan Humo qushi o'rin olgan.
Majmuada o'lchamlari 60x30 metr bo'lgan ikkita - asosiy va mashq muz arenalari rejalashtirilgan bo'lib, bino umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni tashkil qiladi, bino 4 qavatdan iborat bo'lib, balandligi 36 metrni tashkil etadi. Muz saroyi 12,5 ming o'tirish joylariga ega bo'lib, koncert zali sifatida 10 ming, sport musobaqalar o'tkazish zali sifatida esa 14 ming tomoshabinga mo'ljallangan. Asosiy binoda 300 o'rinlik mashq arenasi ham loyihalashtirilgan. Majmua hududida shuningdek, sport muzeyi, bolalar uchun yopiq o'yingox, trenajer zallari, fitnes markazi, zamonaviy tipdagi umumovqatlanish shahobchalari, sport anjomlar do'koni va boshqa xizmat ko'rsatish obektlari joylashtiriladi.
Inshoot atrofi zamonaviy landshaft arxitekturasi usullaridan foydalangan xolda obodonlashtiriladi va aholiga qulay bo'lgan madaniy xordiq chiqarish uchun maydonchalar va bog'lar barpo etiladi. Velosipedlar va roliklarda uchish uchun alohida yo'qlakchalar qurilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari bino yonida 2000 ta avtomobillar uchun mo'ljallangan 4 qavatdan iborat avtoturargoh qurilish ishlari rejalashtirilgan. Arenada xokkey matchlari, short-trek, figurali uchish, kyorling bo'yicha musobaqalar bilan bir qatorda basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo va boshqa sport turlari bo'yicha bellashuvlar o'tkazish imkoniyati bor.
Bundan tashqari majmuada umumxalq bayramlari, koncertlar, ko'rgazma va forumlar o'tkazish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Inshootda dunyo formatidagi eng yangi multimedia tizimi, sport tadbirlari o'tkazish maqsadida sharhlovchilar uchun zamonaviy mahsus xonalar, ommaviy axborot vositalarining tezkor ishlashi uchun matbuot markazlari tashkil etish ham rejalashtirilgan. Loyiha ommaviy sport va madaniy tadbirlar o'tkaziladigan va doimiy ravishda ko'p sonli muxlislar bo'ladigan inshootlarga qo'yiladigan barcha xavfsizlik talablariga to'la javob beradi.
SHuni takidlash joizki, bunday majmua qurilishi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvidagi maruzasida tilga olingan edi. Davlatimiz rahbari tomonidan shaharda yangi yopiq suv havzalari va sport zallari bunyod etilishi, sport o'yinlariga ixtisoslashgan zamonaviy universal sport majmuasi qurilishi qayd etilgan edi. Loyiha oilaviy hordiq chiqarishni taminlashga innovacion yondoshuvni taqdim etadi va unda oilaning barcha azolari foydali dam olishi hisobga olingan.
Majmuaning sport maydonchalarida yirik tadbirlar o'tkazilishidan tashqari, bolalar va yoshlar xokkey jamoalari va yosh figurachilar mashg'ulot o'tkazadilar. SHuningdek, jahon va Evropa darajasidagi turli chempionatlar sovrindorlari bo'lgan professional-murabbiylar jamoasi rahbarligidagi sekciyalar faoliyat olib boradi. Farzandlari bilan kelgan ota-onalarga salomatlik uchun foydali va mamnuniyat bilan vaqt o'tkazishi mumkin bo'lgan universal sport klublari tashkil etiladi.
Bir so'z bilan aytganda, O'zbekiston uchun eksklyuziv loyiha bo'lgan yangi ko'p funkcional muz saroyi bugunning o'zida nafaqat katta megapolisning, balki dunyo miqyosidagi eng yaxshi sport-madaniy markazlaridan biri bo'lish uchun jiddiy talablar bilan chiqmoqda. Obekt 2018 yilning 31 dekabr kuniga qadar ishga tushirilishi mo'ljallangan.
Fikrlar