02 fev 12:25
Yangiliklar
Toshkentda og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati start olmoqda
Xabaringiz bor, bellashuvlar poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida tashkil etilmoqda. Kechagi matbuot anjumani ham aynan shu erda bo'lib o'tdi.
Anjumanda Osiyo og'ir atletika federaciyasi vice-prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Sport vazirining o'rinbosari, mamlakat og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, Osiyo og'ir atletika federaciyasi Bosh kotibi Muhammad Al Xarbi va OAV vakillari qatnashishdi.
Tadbirda musobaqaning ahamiyati, jamoalarning tayyorgarligi haqida batafsil malumot berildi. Uning Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi chempionatga bo'lgan qiziqishni yana-da oshirgan. SHahrullo SHaripovich hozirda bor etibor maksimal darajada Olimpiya o'yinlari licenziyalarini qo'lga kiritishga qaratilgani, bu borada davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilayotganini qo'shimcha qildi.
Eslatib o'tamiz, musobaqaga O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Ozarbayjonning Boku shahrida tayyorgarlik ko'rgan bo'lsa, qizlarimiz so'nggi mashg'ulotlarni CHirchiqda davom ettirishmoqda.
Fikrlar