So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

07 iyu 18:30
Yangiliklar

Og'ir atletika

Toshkentda og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Teglar :  Og'ir atletika
Xabar berib o'tganimizdek, poytaxtimiz Toshkent shahrida og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati start oldi.

Bugun “O'zbekiston” sport majmuasida ushbu nufuzli musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, O'zbekiston velosport federaciyasi raisi Tanzila Narbaeva, Xalqaro og'ir atletika federaciyasi prezidenti Tomash Ayyan va uning o'rinbosarlari, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari SHarifjon Mo'mindjanov, Xalqaro og'ir atletika federaciyasi ijroiya qo'mitasi azosi, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining o'rinbosari SHahrillo Mahmudovlar ishtirok etishdi.

Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Tanzila Narbaeva ochib berdi.

«Avvalambor sizlarni poytaxtimiz Toshkent shahrida ko'rib turganimizdan behad xursandmiz. Bugun katta sport bayrami boshlanmoqda. Og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga start beriladi. Og'ir atletika yulduzlari yana bir bora Toshkentda jam bo'lishdi. Mamlakatimiz muntazam ravishda nufuzli musobaqalarga mezbonlik qilib kelmoqda. Jumladan, shu yilning 23-30 aprel kunlari Urganch shahrida o'tkazilgan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati yuqori saviyada tashkil etildi. Umid qilamanki, oldinda turgan musobaqani ham muvaffaqiyatli o'tkaza olamiz. Bugungi kunda mamlakatimizda 100 dan ortiq og'ir atletika zallari faoliyat yuritmoqda. Ularda 8000 nafardan ortiq sportchilar mashg'ulotlar olib boradilar. Ikki yil oldin Rioda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida Ruslan Nuriddinov oltin medalni qo'lga kiritdi. Sportchilarimiz qo'lga kiritayotgan muvaffaqiyatlar muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan yaratilayotgan sharoitlar samarasidir.

Buenos-Ayresda o'tkaziladigan o'smirlar Olimpiya o'yinlariga uch nafar og'ir atletikachimizning yo'llanma qo'lga kiritgani bizga g'urur bag'ishlaydi. Hurmatli mehmonlar, sizlar uchun barcha talablarga javob beradigan sharoitlar yaratishga harakat qildik. Endi esa musobaqalarga navbat etib keldi. Sportchilarimizga omad tilaymiz, chinakam kuchlilar g'olib bo'lishsin. Og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatini ochiq deb elon qilaman”, – dedi Tanzila Narbaeva.

SHundan so'ng O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.

Xalqaro og'ir atletika federaciyasi Prezidenti Tomash Ayyan jahon chempionati mezbonligi bilan barchani tabriklab o'tdi.

“Xalqaro og'ir atletika federaciyasi nomidan O'zbekistonda tashkil etilayotgan jahon chempionati bilan qutlayman. Sizlar ajoyib mamlakatda istiqomad qilasizlar.
Malumki, og'ir atletika Olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olgan sport turidir. Vada beramanki, 2020, 2024, 2028 yillarda ham ushbu sport turi Olimpiada dasturida bo'ladi.
Fursatdan foydalangan holda musobaqani tashkil etishda yordam bergan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga minnatdorchilik izhor etaman. Og'ir atletika rivojiga qo'shayotgan hissangiz uchun rahmat”, – dedi vengriyalik mutaxassis.

SHundan so'ng martabali mehmonlarga milliy urf-odatlarimizga ko'ra esdalik sovg'alari taqdim etidi. Og'ir atletika bo'yicha uch karra Olimpiya o'yinlari va jahon chempionlari Pirras Dimas, Kaxi Kaxiashvililarga ham milliyligimizni namoyon etuvchi zarbop cho'ponlar taqdim etildi.

Keyin esa marosimning badiiy qismi boshlandi. Doirachilar, shuningdek, o'zbek estradasi yulduzlarining chiqishi yig'ilganlarning kayfiyatini yanada ko'tardi. Bayramdan so'ng musobaqalarga start berildi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing