11 may 17:28
Yangiliklar
Toshkentda o'tadigan Octagon 87 turniri asosiy kardining bir nechta janglari tasdiqlandi + POSTER
Xabar berganimizdek, 13 iyun kuni "Humo Arena"da tashkil etiladigan Octagon 87 turnirining asosiy jangida hamyurtimiz Muhiddin Mamajonov (16-6) Tojikiston vakili Fazliddin Madrahimov (9-1)ga qarshi oktagonga chiqadi. Besh raundlik ushbu jang engil vazn toifasidagi Interim (vaqtinchalik kamar) uchun kechadi. Bu ikki aralash yakkakurash ustasining o'zaro uchinchi jangi bo'ladi. Dastlabki bahsda Madrahimovning qo'li baland kelgan bo'lsa, ikkinchi jangda durang qayd etilgan edi.
Oqshomning co-main event jangi og'ir vazn toifasida tashkil etiladi. CHempionlik kamari o'rtaga qo'yilayotgan ushbu besh raundlik jangda hamyurtimiz Azamat Nuftillaev (17-2) qozog'istonlik Aybek Ermetov (5-0)ga qarshi bahs olib boradi.
Asosiy kard doirasidagi yana bir o'z tasdig'ini topgan jangda Anvar Goyubov (5-1) tojikistonlik Jonibek Jabborov (5-1) bilan hisob-kitob qiladi. SHuningdek, rasmiy posterdan ko'rinibdek turibdiki, Pop-MMA vakili, "pravasiz" avtomobil haydab qo'lga tushgan Jasurbek "Tayson" Jo'raev ham Octagon 87 turnirida oktagonga chiqadi. Hozircha uning raqibi keltirilmagan.

Fikrlar