So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

07 fev 16:16
Yangiliklar

Og'ir atletika

Toshkentda o'tadigan og'ir atletika bo'yicha xalqaro musobaqalar yaqinlashmoqda

Teglar :  og'ir atletika
Xabar berganimizdek, 9–19 fevral kunlari poytaxtimiz og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida Xalqaro birdamlik musobaqasi hamda o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

Mazkur musobaqalar “O'zbekiston” sport majmuasida bo'lib o'tadi. Har ikki turnir Tokio Olimpiadasi uchun muhim reyting ochkolari taqdim etishi bilan yanada ahamiyatlidir. Dunyoning 62 davlatidan jami 322 nafar sportchi Xalqaro birdamlik musobaqasida ishtirok etadi. Ularning orasida bir qator nomdor og'ir atletikachilarning yurtimizga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Musobaqa ishtirokchilari orasida o'zbek sporti muxlislari uchun eng etiborli nom 4 karra jahon chempioni qozog'istonlik Ilya Ilindir (-96 kg). Boisi ushbu sportchi yaqin yillar davomida Ruslan Nurudinov bilan har bir yirik musobaqalarda oltin medal uchun o'ta shiddatli raqobat olib borgan. Birgina misol, 2014 yil Qozog'istonning Olma-ota shahrida o'tgan jahon chempionatida Ruslan va Ilya nafaqat oltin medal uchun raqobatlashgan, balki ularning so'nggi chiqishlari ketma-ket jahon rekordlariga ulanib ketgan edi.

SHuningdek, yaqinlashib kelayotgan musobaqada Rio Olimpiadasi va Xyustonda (2015) o'tgan jahon chempionati g'olibi qozog'istonlik Nijat Rahimov (-81 kg), turkiyalik Olimpiada va jahon chempionati sovrindori Daniyar Ismailov (-73 kg), yana bir qozog'istonlik Olimpiada sovrindori Denis Ulanov (-81 kg) yana bir bor shohsupaga ko'tarilishga harakat qiladi. Ayollar o'rtasida esa turkmanistonlik Yulduz Jumaboeva (-49 kg), qozog'istonlik Zulfiya CHinshanlo (-55 kg) kabi etakchilar nomi ro'yxatdan o'tish uchun keltirib o'tilgan.

SHubhasiz, bu borada o'zimizning ham nomdor polvonlarimizni sanab o'tishimiz mumkin. Kutilganidek, Xalqaro birdamlik musobaqasida Tokio Olimpiadasining kashfiyoti bo'lishi kutilayotgan Adhamjon Ergashev, Akbar Jo'raev, Muattar Nabieva kabi og'ir atletikachilarimiz o'zbek sporti muxlislariga quvonch bag'ishlashga harakat qilishadi. SHu o'rinda kattalar o'rtasida o'tkaziladigan musobaqada ishtirok etuvchi terma jamoamiz tarkibini tanishtirib o'tsak.

Erkaklar:
-55 kg: Og'abek Nafasov
-67 kg: Nurdiyor Abduhalilov
-73 kg: Adhamjon Ergashev
-73 kg: Doston Yoqubov
-81 kg: Hakimjon SHamsiddinov
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov
-89 kg: Zarruh Huseynov
-96 kg: Azimjon Hojiev
-96 kg: SHarofiddin Amriddinov
-102 kg: Mirhosil Mirzaboev
-102 kg: Umarbek SHohnazarov
-109 kg: Akbar Jo'raev

Ayollar:
-49 kg: Ozoda Hojieva
-49 kg: Dinara Roziqova
-55 kg: Muattar Nabieva
-55 kg: Nigora Abdullaeva
-55 kg: Jamila Panfilova
-59 kg: Madinabonu Jo'raeva
-59 kg: Barchinoy Eshqulova
-64 kg: Kumushxon Fayzullaeva
-64 kg: Fotima Habibulloeva
-71 kg: Nigora Suvonova
-71 kg: Layloxon Xursanova

Zaxira:
-76 kg: Tursunoy Jabborova
+87 kg: Dolera Davronova

Ayni paytda Qatar, Botsvana, Suriya, Afg'oniston, Falastin kabi terma jamoa vakillari yurtimizga etib kelishgan va O'zbekiston og'ir atletika federaciyasiga qarashli zalda musobaqaga hozirlik ko'rishmoqda.




Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing