So’nggi yangiliklar

22:42Жаҳон тожи учун матч. Жавоҳир Синдаров илк партияни якунлади 0 19:02ХОҚ 2028 йилги ёшлар қишки Олимпия ўйинлари саналарини эълон қилди 0 18:30Энцо Мареска: "Ҳусановнинг энг яхши позицияси — марказий ҳимоя" 0 17:52«АҚШга бора олмай қолиши мумкин». Менежер Усман Нурмагомедов учун эҳтимолий жазолар ҳақида гапирди 0 17:00Нодирбек Абдусатторов London Chess Classic 2026 турнирида қатнашади 0 16:05Россия бокс федерацияси World Boxing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 15:12Нури Шаҳин Шомуродовнинг ўйинига баҳо берди ва Файзуллаевнинг қачон сафга қайтишини айтди 0 14:30Топурия Пимблеттга жанг таклиф қилди 0 13:42Қозоғистон Тошкентда ўтадиган Жаҳон кубогининг якуний босқичи учун таркибини эълон қилди 0 12:59Жамолиддин Раҳмонжонов Тошкентдаги Octagon 94 турнирида иштирок этади 0 12:06ЎзПФЛ Ўзбекистон кубоги финал майдони ва санаси ҳақида маълумот берди 0 11:38БУМ! Ўзбекистондаги UFC турнири қачон ва қаерда ўтказилиши ҳақида маълумотлар пайдо бўлди (ФОТО) 0 11:04Гандболчиларимиз аёллар ўртасидаги Осиё чемпионатида иштирок этишмоқда 0 10:38"The Notorious қайтди" — Макгрегор тиззасидаги операциядан сўнг машғулотларни бошлаганини маълум қилди 0 10:07Ўзбекистон кубоги. Бугун финалчилар аниқланади 0

17 dek 19:17
Yangiliklar

Kurash

Toshkentda "O'zbek polvoni" kurash musobaqasi

Teglar :  Kurash
"Polvonlari ko'p yurt qudratli bo'lur".

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 4881-sonli qarori “Yo'l xaritasi” ning 6-bandiga muvofiq  o'tkazilayotgan bu musobaqadan maqsad davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari o'rtasida kurashni yanada ommalashtirish bu orqali xodimlarining jismoniy rivojlanishini takomillashtirish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportga, milliy sportimiz kurashga bo'lgan qiziqishlarini oshirish,  kurashni umumxalq sporti sifatida keng targ'ib etishdir.

 “O'zbek polvoni” musobaqasi gilamida erkaklar 73 kg, 81 kg, 90 kg, 100 kg  +100 kg  vazn toifasida, ayollar 3 ta 57 kg, 63 kg, 78 kg vazn toifalarida kurash olib bordilar.  

Musobaqaning nomlanishida ham ramziy mano bordek. “Polvonlari ko'p yurt qudratli bo'lur” deganlaridek bu musobaqa jamiyatimizning turli jabhalarida faoliyat olib borayotgan  kishilarni o'zida birlashtirdi. Bu orqali O'zbekiston polvonlar yurti ekanligi, polvonlik kasb, soha, yosh tanlamasligi  yana bir bor isbotini topmoqda.

Musobaqada respublikamizni barcha viloyatlaridagi 25 dan ortiq vazirlik va tashkilotlaridan 100 yaqin polvonlar gilamga chiqdi.

G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan sertifikat, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Tadbirdan suratlarni tomosha qiling. FOTO: Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing