21 okt 15:16
Yangiliklar
Dzyudo

Toshkentda O'zbekiston va Qozog'iston dzyudochilarining qo'shma mashg'uloti boshlandi + FOTOREPORTAJ
Ikki mamlakat dzyudo federaciyalari o'rtasidagi hamkorlik doirasida yana bir qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etilmoqda.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi markazida o'tkazilayotgan mashg'ulotlar har ikki terma jamoa uchun yil so'nggiga qadar bo'lgan musobaqalar, xususan kelasi oy Saudiya Arabistoni davlati mezbonlik qiladigan Islom Birdamligi o'yinlariga tayyorgarlik vazifasini o'tab bermoqda.
Yig'inning mazmunli va samarali o'tishi kutilmoqda: dzyudochilarni kuchli sparringlar, tajriba almashish va etakchi murabbiylar rahbarligida mashg'ulotlar kutmoqda. Bularning barchasi bir maqsadga - o'z mamlakatlarini xalqaro maydonda munosib namoyish etish va jahon dzyudosida o'z mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar