04 dek 11:56
Yangiliklar
Qilichbozlik
Toshkentda qilichbozlik bo'yicha Jahon kubogi bahslari bo'lib o'tmoqda + FOTOGALEREYA
Poytaxtimizdagi gimnastikaga ixtisoslashgan bolalar va o'smirlar sport maktabida o'smirlar o'rtasida qilichbozlikning shpaga va rapira yo'nalishi bo'yicha jahon kubogi bahslari bo'lib o'tmoqda.
Kecha bo'lib o'tgan bahslarda sportchilarimizdan Marjona Usmonova (rapira) hamda Meyirxon Timurov (shpaga) kumush medalga sazovor bo'lishdi.
Qizlar, rapira
1. Almila Durukan (Turkiya)
2. Marjona Usmonova (O'zbekiston)
3. Mariya Kojokari (Moldova)
3. Andrea Dinka (Ruminiya)
O'smirlar, shpaga
1. Bogdan Lukin (Qozog'iston)
2. Meyirxan Timurov (O'zbekiston)
3. Yusuf SHamel (Misr)
3. Xalil Elibol (Turkiya)
Jahon kubogi bahslari bugun nihoyasiga etadi.
Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar