So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

26 may 10:40
Yangiliklar

Kurash

Toshkentda “Sabantuy” bayrami doirasida koresh (tatar koresh) bo'yicha musobaqa o'tkazildi

Poytaxtimizdagi “Mirzo Ulug'bek” istirohat bog'ida tatar-boshqird xalqlarining do'stlik, mehnat, sanat va sport bayrami - “Sabantuy” yuqori kayfiyatda bo'lib o'tdi.

Bayram doirasida bog' markazida Xalqaro Koresh federaciyasi (tatar koresh) tashabbusi bilan erkaklar o'rtasida turnir tashkil etildi. Bellashuvlar Xalqaro Koresh federaciyasi (tatar koresh) qoidalari asosida o'tkazildi. 

Musobaqani xalqaro toifali hakamlar boshqardi: bosh hakam — Ruslan Mamatov (Rossiya), Ismoil Bekmuhammedov (Rossiya) va SHavkat Mirzaqulov (O'zbekiston). Tomoshabinlar har bir bellashuvni katta qiziqish va zavq bilan kuzatib borishdi.

Bellashuvlarga jahon chempionati sovrindori, dzyudo bo'yicha jahon vice-chempioni, sumo bo'yicha jahon chempioni Xabil Biktashevning tashrifi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

G'olib va sovrindorlar:

-75 kg vazn toifasi

1. Ortiqjon Yuldoshev

2. Kamron Namozboev

3. Javlon Erkinboev

3. Mansur Abdullaev


-90 kg vazn toifasi

1. Husan Abdurahimov

2. Diyor SHodmonov

3. Diyor Xudoyberganov

3. Diyor Maxsutboev


+90 kg vazn toifasi

1. Islom Nosirov

2. Ilyos Mirzahmetov

3. Umid Xolmatov

3. Zaylobiddin Ortiqov

Musobaqa yakunida bog'dagi sahnada tantanali taqdirlash marosimi o'tkazildi. G'olib va sovrindorlar Xalqaro Koresh federaciyasi tomonidan medallar va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

+90 kg vazn toifasida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan va musobaqaning mutlaq g'olibi bo'lgan Islom Nosirovga ananaga ko'ra qo'chqor sovg'a qilindi.

Tantanali marosimda quyidagi faxriy mehmonlar ishtirok etishdi:

— Xalqaro Koresh federaciyasi boshqaruv raisi, sport ustasi, iqtisod fanlari nomzodi Ravil Nogumanov (Rossiya);

— Tatar madaniyat markazi raisi, iqtisod fanlari doktori, professor Rishat Nabiullin;

— uch karra Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, Osiyo o'yinlari chempioni Ravil Nachaev;

— Xalqaro Koresh federaciyasi prezidentining maslahatchisi, adliya generali Erkin Abzalov;

— Osiyo belbog'li kurash konfederaciyasi prezidenti Mo'min Muratov;

— O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov;

— klassik kurash bo'yicha jahon chempioni Kamil Fatxullin.

Ilhom Rahmonov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing