05 fev 08:04
Yangiliklar
Og'ir atletika
Toshkentda uch bor Osiyo va Jahon rekordi o'rnatildi
Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimiz og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Musobaqa doirasida uch bor Osiyo va Jahon rekordlari yangilangan.
Jumladan, KXDR vakilasi Von Xyom Sin ayollar o'rtasida -45 kg vazn toifasidagi siltab ko'tarish bahslarida 86 kg toshni bo'ysundirgan holda Osiyo (84 kg) va jahon (85 kg) rekordini yangiladi.
Qizig'i, ikkinchi holat ham KXDR vakilasida yuzaga keldi. Ayollar o'rtasida -49 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etgan Ri Song Gum siltab ko'tarish dasturida 125 kg toshni o'ziga bo'ysundirdi va Osiyo hamda Jahon (124 kg) rekordini yangiladi. U, shuningdek, ikki kurash yakuniga ko'ra 220 kg natija bilan avvalgi rekordni yangiladi (Osiyo va Jahon: 216 kg).
Havola :
Fikrlar