So’nggi yangiliklar

13:46XX Осиё ўйинларида иштирок этадиган дзюдочиларимиз таркиби тасдиқланди 0 13:15Расман! Наманганда ўтказиладиган Octagon 92 турнирининг марказий жанги эълон қилинди (ВИДЕО) 0 12:44Одилхон Бухорода бўлиб ўтган ATFС 33 турнирида жанг қилди (ВИДЕО) 0 12:13Мануэль Нойер Германия футболчилари орасида рекорд ўрнатди 0 11:42Теренс Кроуфорд рингга қайтяптими? 0 11:11US Open 2026. Аёллар ўртасидаги турнирда финалчилар аниқланди 0 10:40Ислам Махачев: "UFC`дан қўнғироқ кутяпман" 0 10:09ЕЧЛ. "Шахтёр" ПСВ билан, "Фенербахче" эса "Рома" билан дуранг ўйнади + ВИДЕО 0 09:38Super Rizin 5 натижалари: Шайдуллаев Rizin ва PFL чемпионлик камарларини бирлаштирди 0 09:07Синдаров Непомняшийни мағлуб этди, Бибисарада ҳам ғалаба. Жамоа пешқадам! Бугун Жавоҳир - Магнус тўқнашуви бор! 0 08:36Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнири бошланади. Биринчи кун уч дзюдочимиз татамига чиқади 0 08:05ЕЧЛ. "Манчестер Юнайтед" "Сабаҳ"ни тор-мор этди, Раҳмоналиев "Олд Траффорд"да ўйнади 0 07:34Юнон-рум курашчиларимиз Осиё ўйинларида оптимал таркибда қатнашишади 0 07:03UFC Қирғизистонда турнир ўтказишга қизиқяптими? 0 21:00Эркин курашчиларимизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби маълум! Рўйхатда Разамбек борми? 0

06 mar 20:42
Yangiliklar

Futbol, Bolalar sporti

Toshkentda yana bir tabiiy maydon yo'q bo'lish arafasida!

Teglar :  FutbolRUORToshkent
Bugungi kunda poytaxtdagi asosiy muammo bu bolalar uchun maydonlarning tanqisligi.

Ayni paytda 15-16 yoshdagi futbolchilar uchun yakshanba kuni bitta o'yin uchun suniy maydon narxi 200 ming so'mdan kamni tashkil qilmaydi. Aksar tabiiy maydonlar esa davlat korxonalari yoki organ tashkilotlariga tegishli bo'lganli uchun o'yinlar o'tkazib bo'lmaydi. Ochiq maydonlar esa juda qimmat.

Bizga malum qilishlaricha, ko'plab istedodlarni tarbiyalashda beshik vazifasini o'tagan Respublika olimpiya zaxiralari sport kollejining maydoni buzilish arafasida. Bugungi kunda ko'pchilik jamoalar o'zlari uchun qulay bo'lgan maydondan ayrilish arafasida turibdilar.

Undan tashqari, Respublika olimpiya zaxiralari kollejida tarbiya topayotgan 2002, 2003, 2004 yillarda tug'ilgan bolalarning asosiy maydonini boshqa sport turiga berilishi natijasida, O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoasining natijasiga ham salbiy tasir ko'rsatishi mumkinligi haqida o'ylab ko'rilmayotgani achinarli. 2004 yillarda tavallud topgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining asosiy qismi bugungi kunda aynan shu dargohda talim olayapti va shug'ullanayapti. 2020 yil tashkil etiladigan 2003 yilda tavallud topgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasining ham negizi bugunda Olimpiya zaxiralar kollejida tarbiya topayapti.

2002, 2003 va 2004 yillarda tavallud topgan ROZSK tarbiyalanuvchilari shahar chempionatini aynan shu stadionda o'tkazib kelishadi. Tabiiy maydonda toblangan futbolchining sifati boshqalarga qaraganda sifatli bo'ladi. O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoasining manfaati yo'lida ham bu maydonni yo'q bo'lishiga yo'l qo'ymaslik kerak, ertaga kech bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2018 yilda qabul qilgan FUTBOLNI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDAgi qarorida ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlaridagi futbol bo'limlarini qisqartirish va bo'shayotgan o'quvchi qabul qilish kvotalarini olimpiya va milliy sport turlariga, shu jumladan sportning o'yin turlariga yo'naltirishni to'g'risida band mavjud bo'lib, 2018 yil uning aksi qilindi. Qisqartilishi lozim bo'lgan internatga yangi qabul butunlay to'xtatildi.

Bu masalani O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev yaxshilab o'rganib chiqadi va futbol maydonini bo'lishi hamda bundan bir necha yil avval aynan futbol uchun ochilgan katta dargohni, futbolsiz qolishini oldini oladi. Boisi ROZSK aynan vazirlik tasarrufidagi obekt hisoblanadi.

Mixail Andan tortib, Aleksandr Geynrixgacha, Server Jeparovdan Odil Ahmedovgacha yulduzlarni kashf qilgan stadionni saqlab qolish ham O'FA, ham Vazirlikning vazifasi! 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing