So’nggi yangiliklar

18:48Хамзат Чимаев: "Мен ҳақиқий чемпионман!" 0 18:17Фабио Каннаваро: "Агар А Серия клубидан таклиф тушса, буни..." 0 17:46Фёдор Емельяненко Хабиб Нурмагомедов билан кўргазмали жангга розилик берди 0 17:15Нодирбек Якуббоев Freestyle Friday ғолиби! 0 16:44"Бизнинг ҳикоямиз ҳали тугамади". Топурия Гэтжи билан реванш ўтказиш нияти борлигини билдирди 0 16:13Романо Аргентинага қайтиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишлар фонида Мессининг келажаги ҳақида гапириб ўтди 0 15:42Илия Топурия Ислам Махачев эҳтимолий жанг ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 15:11Хабиб Роналдунинг терма жамоадан кетиши ҳақида: "Унга қилинган муносабатни бир сўз билан ифодалаб бўлмайди" 0 14:40Муросасиз кечаётган самбо бўйича жаҳон чемпионати беллашувларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 14:09Фабио Каннаваро: “Мақсадим ва орзуим — Италия терма жамоасини бошқариш” 0 13:38"Уни шунчалик ҳурмат қиламанки, юзига яна зарба бера олмайман" - Топурия собиқ рақиби ҳақида 0 13:07"Жастин ҳеч ким эмас. У ҳеч нарсани ҳал қилмайди". Топурия Гэтжи билан реванш ҳақида фикр билдирди 0 12:36Самбо бўйича Жаҳон чемпионатининг тантанали очилиш маросимидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:04Инфантино ЖЧ иштирокчилари сони борасида қарор қабул қилди 0 11:28Ислам Махачев Хабиб билан самбо қоидалари бўйича кўргазмали беллашув ўтказишга тайёрми? 0

01 mar 07:20
Yangiliklar

Boks/MMA

Toshkentdagi boks oqshomida ishlagan mashhur ring-anonser qaytmoqda

Teglar :  David Diamante
Mototcikl falokatida jarohat olgan taniqli ring-anonser David Diamante o'z ish faoliyatiga qaytyapti.

20-dekabr kuni taniqli ring-anonser David Diamante mototcikl falokatida og'ir jarohat olgandi. O'shandan beri u o'z odatiy hayotini tiklash uchun tinimsiz mehnat qildi. 5 mart kuni u San-Diegodagi "Pechanga Arena"da bo'lib o'tadigan Roman Gansales - Xulio Sezar Martines jang oqshomida ringga qaytadi.

«Hayot sizga og'ir zarbalar olishingizga qaramay yashashni o'rgatadi»

David hayotidagi so'nggi burilish haqida shunday deydi:

"Ellik yoshga to'lgan kunimni nishonlagandan bir necha hafta o'tib, qayta yurishni o'rganish va hayotda boshimdan kechirgan eng dahshatli baxtsiz xodisadan xalos bo'lish bilan shug'ullanaman deb o'ylamagandim. Yil oxirida do'stlar va oila azolarim bilan bayram bo'lishi kerak edi. Ammo, hayotning men uchun boshqa rejalari bor ekan.

2021 yil 20 dekabr kuni hayotim o'zgardi. Men mototcikl falokatida og'ir jarohat oldim.

Men to'xtab turgan furgonga urildim va tanamni ikkiga bo'linib ketgandek his qildim. Og'ir ahvolda edim. Umurtqa pog'onam 4 ta joyidan singan va tizzamdagi og'ir jarohatdan tashqari bir nechta qovurg'am ham singan edi. Bu davr orasida aqldan ozadigan darajada afsuslar bilan hayot kechirdim. Hayotda men qo'rqadigan narsalar ko'p emas. Ammo, shol bo'lib, o'zimni eplay olmaslik - qo'rquvlarimdan biri. 

Odamlar mendan hol-ahvol so'rashsa, yaxshiman, deyman. Hamisha og'riq bor. Paypoqlarimni kiyish, stulda o'tirish, erdan narsalarni olish birdaniga juda qiyin ishga aylandi. Men o'zimga vada berdim, bu jarohatdan boshqalarga qaraganda juda tez tuzalib ketaman. Va men buni uddaladim.

Har bir sovg'a, maktub, telefon qo'ng'irog'i, sevgi va dalda taklif etilgan xabarnomalar men uchun mazmunli bo'ldi. Men ularning barchasi uchun chin dildan minnatdorman. Qalbim shukronalik bilan to'ldi.

Meni hali ham yangi qoidalarni o'rganyapman. Bu jarayonda qayta tiklanyapman va o'syapman. Kuchli og'riqlarga qaramay yana yurishni o'rganish hayotimdagi eng katta yutuqlardan biri bo'ldi. 5 mart kuni San-Diegodagi jahon chempionligi uchun kechadigan jangni elon qilish maqsadida yana ringga chiqishim haqidagi xabarni sizlar bilan baham ko'rishdan xursandman. Ring kanatlaridan o'tish jismoniy jihatdan qanchalik qiyin bo'lmasin, men uchun sizlar tasavvur qilganingizdan ham ko'proq narsani anglatadi", - dedi Diamante.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing