16 iyu 22:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Toshkentdagi boks oqshomining markaziy jangi yakunlandi
Poytaxtimizdagi Wyndham Tashkent (Sobiq “Dedeman”) mehmonxonasida o'tkazilgan katta professional boks kechasi o'z yakuniga etdi.
Hozirgina oqshomning so'nggi jangi yakunlandi. CHempionlik jangi 69,8 kg vazn toifasida o'tkazildi. Qitalararo (International) chempionlik kamari uchun kechgan jangda hamyurtimiz Ravshanbek Mahammadjonov ugandalik Juma Vasvaga qarshi ringga ko'tariladi.
Jang sakkiz raund o'tkazildi. Yakunda hakamlar bir ovozdan hamyurtimizning ochkolar hisobiga g'alaba qozonganini qayd etishdi.
Yodingizda bo'lsa, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustamiz SHohjahon Ergashev ham Juma Vasva bilan to'qnash kelgan va raqibini mag'lubiyatga uchratgan holda o'z chempionlik kamarini munosib himoya qilgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar