So’nggi yangiliklar

19:04Фомин Тенерифе Челленжерининг илк босқичида дунёнинг 178-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 18:40Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойни йирик ҳисобда таслим қилди 0 18:17Промоутер Бивол ва Бетербиев ўртасидаги учинчи жанг муддати ҳақида гапирди 0 17:52Музаффарбек Тўрабоевда янги унвон + ФОТО 0 17:27Гэтжи қандай ҳолатда Порье билан трилогия амалга ошиши мумкинлиги айтди 0 17:05Ямайка терма жамоаси сардорининг "Динамо" билан келишуви амалга ошмади 0 16:39Чимаев вазн ташлашдан чарчагани ва вазнини ўзгартириши мумкинлиги айтилди 0 16:16UFC P4P рейтинги янгиланди. Волкановски юқорилади, Махачев ҳамон пешқадам 0 15:52Шавкат Раҳмонов нега иккинчи маротаба операция қилинди? Мураббий жавоб берди 0 15:28Расман: Бензема — "Ал Ҳилол" футболчиси 0 15:05Царукян Хабиб Нурмагомедов уни қўллаб-қувватлаган лаҳзани эслади 0 14:41Исроил Мадримовнинг вазнида чемпионлик жанги анонс қилинди 0 14:20UFC рейтинги янгиланди: Шавкат Раҳмонов рейтингдан чиқарилди 0 13:57"Атлетико" ҳужумчи сотиб олганини эълон қилди 0 13:36Таэквондочиларимиз "Fujayrah Open" турнирида жами 14 та медаль жамғаришди 0

02 noy 14:44
Yangiliklar

Tadbirlar

Toshkentdagi mintaqaviy Forumda Otabek Umarov ham ishtirok etyapti FOTOGALEREYA

Teglar :  Otabek UmarovForum
Poytaxtimizdagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida MDH, Boltiqbo'yi va Gruziya MOQ rahbarlari ishtirokidagi mintaqaviy forum o'z ishini boshladi.

Tadbirda mamlakatimiz nomidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov, Rustam SHoabdurahmonov boshchiligidagi O'zbekiston MOQ rahbariyati, shuningdek, federaciya va associaciyalarimiz mutasaddilari ishtirok etishdi.

Forumni Aziz Abduhakimov ochib berdi va mehmonlarga mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, Prezidentimizning sog'lom turmush tarzi targ'iboti, jismoniy tarbiya va sportga qaratayotgan etibori xususida batafsil malumot berdi. SHundan so'ng Forum koordinatori, Rossiya Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi o'rinbosari, xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig'i Yuriy Yurev so'z oldi. Yuriy Nikolaevich Forumda ishtirokchilarni birma-bir tanishtirib, bu yilgi yig'ilishni o'tkazishdan maqsad, o'zaro aloqalarni yanada mustahkamlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar, rejalar xususida gapirib o'tdi.

Tadbirning ochilish qismida Otabek Umarov ham o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

“Bugungi kunda Sobiq Ittifoq hududidagi barcha mamlakatlarni birlashtiruvchi platformalar unchalik ko'p emas. Ular orasida o'zaro tushunish va hamkorlik muhiti hukm surayotganlari undanda kamroq. Quvonarlisi, MOQ rahbarlari forumi aynan shunday hamkorlik formatlariga taalluqlidir. Bugun 2020 yildagi majburiy tanaffusdan so'ng biz Toshkentda uchrashganimizdan cheksiz xursandman. Muloqot samimiy va munozaralar samarali bo'lishiga chin dildan umid qilaman. CHunki undagi umumiy maqsad ko'z o'ngimizda o'zgarayotgan dunyoda olimpizm tamoyillari va g'oyalarini ilgari surishga undaydi”.

SHuningdek, Forum davomida O'zbekiston MOQ rahbari Rustam SHoabdurahmonov o'z dasturi bilan maruza qildi. Unda mamlakatimizning sport sohasida erishayotgan yutuqlari, davlatimiz tomonidan sohani qo'llab-quvvatlash uchun qaratilayotgan etibor, atletlarimizning xalqaro maydonda erishayotgan yutuqlari, “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o'yinlarini o'tkazish uchun tashlangan dastlabki qadam va boshqa bir bir qator masalalar xususida to'xtalib, quyidagi takliflarni ilgari surdi:

Birgalikda Xalqaro toifadagi hakamlar va referilarni tayyorlashni yo'lga qo'yish;

– Zamonaviy sport va talim metodikalari, innovacion texnologiyalarni jalb qilgan holda murabbiylar, menejerlar, sport tahlilchilari va boshqa mutaxassislarni birgalikda tayyorlash;

– Terma jamoalar uchun qo'shma xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish, keyin esa turli turnir va musobaqalarni o'tkazish;

– Sport tibbiyotini rivojlantirish, xususan, sport shifokorlarining malakasini oshirish bo'yicha tajriba almashish;

– Sport farmakologiyasini rivojlantirish, sportchilar uchun taqiqlanmagan dori vositalarini tayyorlash va ishlab chiqarish yo'nalishidagi hamkorlikni faol rivojlantirish.

Bu taklif forum qatnashchilari tomonidan maqullandi va kelgusida o'zaro malakali kadrlarning o'zaro tajriba almashishlarini yo'lga qo'yish bo'yicha dastur ishlab chiqilish haqida kelishib olindi.

Takidlash joiz, Forum mehmonlari Toshkent mazkur tadbirga ilk bor mezbonlik qilayotgan bo'lsa ham, uning yuqori saviyada tashkil etilayotganini alohida takidlab o'tishdi.

Forum davom etmoqda. Oldinda boshqa ishtirokchi davlat vakillari ham o'z maruzalari bilan ishtirok etishadi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing