So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

24 dek 18:45
Yangiliklar

Og'ir atletika

Toshkentdagi og'ir atletika bo'yicha dunyo birinchiligida nechta jahon rekordi o'rnatildi?

Teglar :  Og'ir atletika
Poytaxtimizda o'tgan og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati bir qator vazn toifalarida o'rnatilgan yangi rekordlar bilan yodimizda qoldi.

Umuman olganda, musobaqa davomida jami 13 ta turli yosh toifalaridagi jahon rekordi qayd etildi. Ulardan 4 tasi ayollar bellashuvida kuzatildi. Nigeriyalik Joy Eze -71 kg vazn toifasida ikki martadan siltab ko'tarish mashqi va ikki kurash bo'yicha o'smirlar jahon rekordini yangiladi. Demak, endi 130 kg siltab ko'tarish, 230 kg ikki kurash bo'yicha o'smir qizlar toifasida jahon rekordi sifatida qayd etiladi.

Bolgariyalik yosh iqtidor egasi Karlos Nasar (-81 kg) erkaklar o'rtasidagi 4 ta rekordga mualliflik qildi. 17 yoshli polvon dast ko'tarishda 166 kg natija ko'rsatib, yangi rekord qayd etdi. Siltab ko'tarishdagi 208 kg esa barchaning olqishiga sazovor bo'ldi. Boisi ushbu ko'rsatkich ham o'smirlar, ham yoshlar, ham kattalar o'rtasidagi yangi jahon rekordi sifatida rasmiylashtirildi. SHuningdek, siltab ko'tarishdagi ikki ketma-ket muvaffaqiyatli urinishlari bilan u ikki kurashda ikki bor o'smirlar rekordini o'rnatdi (371 va 374 kg).

Kattalar o'rtasidagi yana bir jahon rekordi -96 kg vazn toifasida kolumbiyalik Lesman Paradesga tegishli bo'ldi. Atlet dast ko'tarish mashqida 187 kg bilan o'z nomini qaydnomalarga alohida yozdirib qo'ydi.

SHuningdek, eng fantastik rekordlar +109 kg toifasida kuzatildi. Unda zamonamizning afsonalaridan biri gruziyalik Lasha Talaxadze barcha dasturlarda o'z rekordini yangilab, dunyoning eng kuchli pahlavoni kim ekanini ko'rsatdi. Lashaning natijalari dast ko'tarishda 225 kg, siltab ko'tarishda 267 kg va ikki kurash bo'yicha 492 kg ga teng bo'ldi. Qayd etish joiz, ushbu vazndagi bellashuvlar davomida eronlik 18 yashar yulduz Alirizo Yusufi 237 kg natija bilan siltab ko'tarishda yoshlar o'rtasidagi rekordga o'z nomini bitdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing