So’nggi yangiliklar

10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0

16 apr 15:46
Yangiliklar

Boks/MMA

Toshkentdagi Osiyo chempionatida Olimpiada chempionlari ham ishtirok etadilar

Osiyo boks konfederaciyasi tomonidan malum qilinishicha, Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida 29 ta mamlakatdan 200 dan ortiq sportchi ishtirok etadi.


30 aprel - 7 may kunlari Toshkent mezbonlik qiladigan boks bo'yicha qita chempionatida Rio Olimpiadasi qahramoni bo'lgan o'zbek bokschilari ham ishtirok etishlari kutilmoqda.

Malum bo'lishicha, turnirda Hasanboy Do'smatov, SHahobiddin Zoirov, SHahram G'iyosov, Bektemir Meliqo'ziev va Murodjon Ahmadaliev kabi sportchilarimiz O'zbekiston sharafini himoya qiladilar. 

Musobaqada 10 ta vazn toifasida janglar tashkil qilinadi. Xitoy, Hindiston, Eron, Iordaniya, Qozog'iston, Janubiy Koreya, Mog'uliston, Pokiston, SHri-Lanka, Tojikiston va O'zbekiston terma jamoalari turnirda to'liq tarkib bilan ishtirok etadilar. 

CHempionatda shuningdek Rio-2016 da medallar qo'lga kiritgan Vasiliy Levit (Qozog'iston), Dorjinambu Otgondalay (Mog'uliston) kabi sportchilar ham qatnashadilar. 

2015 yilgi Dohada bo'lib o'tgan jahon chempionatida sovrindor bo'lgan 12 nafar osiyolik bokschidan 7 nafari ushbu turnirda qatnashishi kutilmoqda. 


Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati shu yili Gamburgda o'tkaziladigan jahon chempionatiga saralash vazifasini ham bajaradi. Dunyo birinchiligida Osiyo nomidan 60 nafar bokschi qatnashishi kutilmoqda. Bu degani har bir vazn toifasidan 6 nafar osiyolik bokschi jahon chempionatida qatnashadi.

Eslatib o'tamiz, Toshkent boks bo'yicha qita chempionatiga uchiinchi marotaba mezbonlik qilmoqda. Bungacha poytaxtimiz 1995, 1999 yillarda mazkur turnirni qabul qilgandi.


Manba: Osiyo boks konfederaciyasi rasmiy sayti. 

Ingliz tilidan Aziz To'xtamurodov tarjima qildi

Reyting:    

Fikrlar

   
16 apr 17:44:29
Alixon
Barcha bokischilarimizga omad!!! Yahshi ham yakka kurashdan sportchilarimiz uyaltirmayapdi.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing