11 fev 18:50
Yangiliklar
Futbol
"Tottenxem" 50,1 mln funt zarar ko'rganini elon qildi
Angliya Premer-ligasi vakili 2022 yilda 50 mln funtdan ortiqroq zarar ko'rgani haqida malumot berdi.
Malum bo'lishicha, "Tottenxem"ning 2022 yilning 30 iyuniga qadar bo'lgan hisobotlari klub soliqlardan keyin 50,1 mln funt sterling zarar bilan chiqqanini ko'rsatgan.
Qayd etilishicha, umumiy daromad 361,9 mln funtdan 444 mln funtgacha ko'tarilgan, Bu asosan muxlislarning COVID-19 sababli cheklovlardan so'ng stadionlarga qaytishi tufayli bo'ldi. Ammo bu daromad o'yinchilar savdosi, klubning 852,6 mln funtni tashkil etadigan qarzlarining foiz to'lovi, amortizaciya va soliqlar kabi xarajatlarga sarflanganda salbiy farqni yuzaga keltirgan.
50,1 mln funt o'tgan yilgiga nisbatan yaxshilangan ko'rsatkich hisoblanadi. O'shanda zarar 83,8 mln funtni tashkil qilgan.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar