11 iyu 09:47
Yangiliklar
Futbol

"Tottenxem" o'z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirishga yaqin
Londonliklar "Nottingem"dan Morgan Gibbs-Uaytni sotib olishadi.
"The Telegraph" malumotiga ko'ra, "shporlar" futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan 60 million funtlik tovon pulini to'lashga rozilik bildirgan. Bunday holatda u "Tottenxem" tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi. Oldinroq klub "Vest Xem"dan Muhammad Kudusni sotib olishi orqali bu reytingdagi 2-o'rinni yangilab qo'yishi aytilgandi.
25 yoshli yarim himoyachi ertaga, juma kunidayoq "Tottenxem" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Gibbs-Uayt o'tgan mavsum APLda 34 ta o'yinda qatnashib, 7 ta gol va 8 assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar