So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

18 mar 13:02
Yangiliklar

Kurash

Toyloqda belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazilmoqda

Teglar :  Belbog'li kurash
Bugun, 18 mart kuni Toyloqdagi olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejida belbog'li kurash bo'yicha 2004-2005 yilda tug'ilgan o'g'il yigit-qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi  Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim rejasidagi joriy yilning ilk mamlakat chempionati bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 300 nafarga yaqin yosh polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishmoqda. Mazkur chempionat bahslarida dastlab, musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Marosimda Samarqand viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi masul xodimlari, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Osiyo belbog'li kurash konfederaciyasi raisi Mo'minxo'ja Muratov, federaciya bosh kotibi Abdixalil Malikov,  belbog'li kurash bo'yicha Samarqand viloyati ijrochi direktori Bahodir Berdiqulov, Toyloq olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji direktori O'tkir Qurbonovlar ishtirok etib, yosh polvonlarni qutlashdi va ularga musobaqalarda omad tilashdi.   



Ushbu chempionatda o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 11 ta vazn toifasida, qizlar esa erkin yo'nalishda 7 ta vazn toifasida g'oliblik uchun kurash tushishmoqda.

Bellashuvlar yakuniga etgach, kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar bilan tanishishingiz mumkin. Musobaqa 20 martga qadar davom etadi.    

Ilhom RAHMONOV tayyorladi



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing