10 fev 07:53
Yangiliklar
![](/upload/storage/322235_220.jpg)
Transylvania Open bosh sovrini Rossiyaga ketdi
Musobaqa bosh sovrini Anastasiya Potapovaga nasib etdi. Rossiyalik tennis malikasi ikki yillik tanaffusdan so'ng yana WTA turniri g'olibasiga aylandi. Dunyoning 32-raketkasi bo'lib kelgan Potapova final uchrashuvida WTA reytingida 72-pog'onadan joy olgan italiyalik Lyuchiya Broncettini uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 4/6, 6/1, 6/2.
Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan beshinchi uchrashuvi bo'ldi - 5:0. Barcha qarama-qarshiliklarda Nastya zafar quchgan. Ikki soatu 3 daqiqa davom etgan final bahsida Potapova 5, Broncetti 1 ta es zarbasini amalga oshirgan. Anastasiya faoliyatidagi uchinchi sovrinini qo'lga kiritdi. Transylvania Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 250 reyting ochkosi hamda 36,300 dollar mukofot puli keltirdi.
Fikrlar