So’nggi yangiliklar

10:46Жаҳон кубогининг илк кунида уч нафар боксчимиз рингга кўтарилади (рўйхат) 0 10:25Фомин деярли ярим кун давом этган финалда камбэк эвазига ғалаба қозонди 0 10:04ЦСКАда Файзуллаевга Туркия клуби қизиққанига муносабат билдиришди 0 09:30Майкл Чендлер: "Махачев ва Топурия жангини кўриш қизиқ, лекин Илия алдаяпти" 0 08:55Афсус! "Ҳумо" Тошкентда ҳам "Торпедо"га мағлуб бўлди ва сериядаги ҳисоб тенглашди. Кейинги ўйин финал бўлади 0 08:30Қуръа ташланди: World Boxing ташкилотининг жаҳон кубогида қатнашадиган боксчиларимиз илк рақибларини билиб олишди 0 22:25"Манчестер Сити" Англия кубоги ярим финалига йўл олди, Абдуқодир Ҳусанов 1 тайм ўйнади 0 18:10Чарльз Оливейра: "Топурия шунчаки провокацияга уринмоқда. У ҳурматсизлик қиляпти" 0 17:37"Махачев Топуриядан қўрқмаётганлигини аниқ" - Кормье 0 17:16АПЛ клуби "Реал"дан Арда Гюлерни сотиб олмоқчи 0 16:55"Канелони нокаут қила оламанми? Албатта!" - Теренс Кроуфорд 1 16:34Хорхе Масвидаль битта жанг учун октагонга қайтишга тайёр 0 16:13Боб Арум Дана Уайт ва Турки ал Аш-Шейхнинг янги бокс Лигаси ҳақида фикр билдирди 0 15:52Гризманн Ла Лигада Мессининг рекордини янгилади + ВИДЕО 0 15:31Сауль Альварес Дэвид Бенавидесни кескин танқид қилди 0

16 iyu 17:36
Yangiliklar

Triatlon

Triatlon. "iPhone" o'rniga bo'sh g'ilof" mavzusi bo'yicha rasmiy bayonot berildi

Teglar :  Triatlon
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Osiyo chempioni bo'lgan triatlonchi qizga vada qilingan "iPhone" o'rniga bo'sh g'ilof berilgani haqida malumotlar tarqaldi.

Unda aytilishicha, 16 yoshli Feruza Elievaga Toshkentda o'tkazilgan Markaziy Osiyo kubogida g'olib bo'lsa "iPhone 12 Pro" telefoni vada qilingandi. Ammo g'olib bo'lgan Feruzaga telefon emas, uning g'ilofi berilgani aytildi. 

O'zbekiston triatlon federaciyasi ushbu masala yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Olamsport.com sayti bayonotni o'zbek tiliga tarjima qilgan holda etiboringizga havola qiladi:

"Sizga shuni malum qilamizki, sportchi Feruza Elieva va uning otasi Ibodulla CHo'lievning ommaviy bayonotiga ko'ra, sportchining murabbiyi unga 2021 yil 5-6 iyun kunlari bo'lib o'tgan Markaziy Osiyo kubogining birinchi bosqichida qatnashgani va g'olib chiqqanligi uchun iPhone 12Pro sovrinini olishini malum qilgan. 

Feruza Elieva sportchi, 20.05.2005 yilda tug'ilgan, u Qashqadaryo viloyati texnik va amaliy sport turlari bo'yicha "Vatanparvar" markazida sport mashg'ulotlarini o'tkazadi va O'zbekiston Triatlon Federaciyasi tomonidan tashkil etilgan quyidagi sport tadbirlarida ishtirok etgan:

-  Duatlon bo'yicha O'zbekiston chempionati , 8.11.2020 yil, o'z toifasida 8-o'rin.

-  Duatlon bo'yicha O'zbekiston kubogi, 17-18 aprel 2021 yil, hakamlar qarori bilan diskvalifikaciya qilingan.

-  Triatlon bo'yicha O'zbekiston chempionati, 5-6 iyun kunlari 2021 yil, 15-17 qizlar o'rtasida 1-o'rin, ayollar o'rtasida umumiy hisobda 3-o'rin.

-  Markaziy Osiyo (SATA) kubogi birinchi bosqichi, 5-6 iyun 2021 yil, o'z yosh toifasida 1-o'rin va ayollar o'rtasidagi bahslarda umumiy hisobda 5-o'rin. 


2021 yil 5 iyunda O'zbekiston Triatlon federaciyasining rasmiy veb-saytida elon qilingan triatlon bo'yicha O'zbekiston chempionatining ushbu tadbir oldidan sovrin jamg'armasi taqdim etilmagan:

31-band - Mukofotlash:

«G'oliblar musobaqa masofasini eng yaxshi vaqtda bosib o'tishgani bilan aniqlanadi. Yosh toifalarida 1-3 o'rinlarni egallagan ishtirokchilar medallar va diplomlar bilan taqdirlanadi».

SHunga ko'ra, 2021 yil 5 iyunda bo'lib o'tgan Markaziy Osiyo kubogining birinchi bosqichi ham sovrin jamg'armasi nazarda tutilmagan:

31-band - Mukofotlash:

«G'oliblar musobaqa masofasini eng yaxshi vaqtda bosib o'tishgani bilan aniqlanadi. Yosh toifalarida 1-3 o'rinlarni egallagan ishtirokchilar medallar va diplomlar bilan taqdirlanadi».

Bundan tashqari, O'zbekiston chempionati va Markaziy Osiyo kubogining birinchi bosqichi davomida O'zbekiston Triatlon federaciyasi hech qachon g'oliblar va ishtirokchilarni har qanday qimmatbaho sovg'alar, shu jumladan smartfonlar (iPhone Pro 11 yoki iPhone Pro 12) bilan mukofotlashga vada bermagan.

Triatlon federaciyasida Feruza Elieva va Ibodulla CHo'lievning triatlon bo'yicha murabbiyi sportchini 2021 yil 5 iyunda bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionatida yoki shu kuni birinchi SATA Kubogida g'olib chiqqanligi uchun sovrin olish imkoniyati to'g'risida elon qilgani haqidagi bayonotlari haqida malumot yo'q. 

Ushbu fakt bo'yicha triatlon federaciyasi «Vatanparvar» tashkilotiga so'rov yubordi (ilova qilingan)

Triatlon bo'yicha amaldagi O'zbekiston milliy terma jamoasi sportchilarining ro'yxati 2021 yil 18 yanvarda murabbiylar kengashi tomonidan O'zbekiston triatlon federaciyasining talablariga muvofiq shakllantirilgan va tasdiqlangan. Terma jamoamiz tarkibiga 26 nafar sportchi, 13 nafar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hamda O'zbekistonning boshqa viloyatlaridan 12 nafar sportchi kiradi.

SHuningdek, Feruza Elieva hozirda triatlon bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga kiritilmaganligini etiboringizga havola etamiz, chunki tasdiqlangan tartibga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasining tarkibi yilining oxirida tuziladi va Respublika oliy sport mahorat maktabi va O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi


"Vatanparvar" Mudofaaga ko'maklashuvchi tashkilotiga yuborilgan so'rov:

"Sportchi Feruza Elieva va uning otasi Ibodulla CHo'lievning ommaviy bayonotiga ko'ra, sportchining murabbiyi unga 5-6 iyun kunlari bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionati va Markaziy Osiyo kubogining birinchi bosqichida qatnashgani va g'alaba qozongani uchun iPhone 12Pro sovrini olishini bildirgan.

Malumot: Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi Vatanparvar texnik va amaliy sport turlari markazida 2018 yildan buyon triatlon bilan shug'ullanadi. Murabbiy Juraeva YU.

Sizdan ikki kun ichida Feruza Elievaning murabbiyi sportchiga nima uchun 2021 yil 5-6 iyun kunlari bo'lib o'tgan triatlon bo'yicha O'zbekiston chempionatida va CATA kubogining birinchi bosqichida ishtirok etish va g'alaba qozonishi uchun qimmatli smartfon mukofoti (iPhone 12) vada bergani va vadasini bajarmagani haqida izoh berishingizni so'raymiz", - deyiladi O'zbekiston triatlon federaciyasi tomonidan berilgan malumotda. 

Reyting:    

Fikrlar

+1   
17 iyu 06:54:14
Дилёр Бурибоев
Федерация кайтиб бу кизга урин бермайди, катта кисувга олади энди
+1   
17 iyu 02:14:06
Zafar Jo'rayev
Shuncha gap so'zdan ko'ra ber bitta telefon. Toshkentdagi yoshlar festivalida musur tik tokchilaga berdingku. Chichqoqla chichib yubordi. Endi majlis utkaz bayonot ber. Chaqir bu qizni ustoziga chora ko'r. Uyiga olib borib ber shu qizga tabriklab osonmasku.g'olib bo'lish
+1   
17 iyu 00:50:48
Sardor Sharopov
Shuncha gapni yozgancha bervor shu qizga iPhone. Qayerdagi jipiriqlarga 20 talab iPhone 12 berildi. Mana TikTok ko'tiga kirib yotibti. Prizdent yomonlamaguncha hech kim gapirmasdi, endi balodanham battar bu TikTok. Sportchi qiz boz ustiga triatlonchi qiz bo'lsa, rag'barlantir aravani quruq olib qochmasdan mazgila
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing