11 fev 10:51
Yangiliklar

Trilogiya bo'ladimi? Makgregor Neyt Dias bilan jang qilish istagini bildirdi
Irlandiyalik sportchining bunday qarorga kelishiga yana bir sobiq jahon chempioni Anderson Silvaning Braziliyaning Kuritiba shahrida Nik Diasga qarshi oktagonga chiqmoqchi ekanligi haqida aytgan gaplari sabab bo'lgan.
“SHu jangni tashkil qilib beringlar. Men Braziliyadagi ushbu turnirda Neyt Diasga qarshi oktagonga chiqaman”, - deya o'zining “Tvitter”dagi sahifasida murojaatnoma qoldirgan Makgregor.
Malumot uchun, Kuritiba shahridagi UFC 237 turniri 11 may kuni o'tkaziladi. Agar Konor va Dias o'rtasidagi bahs o'tkazilsa, bu o'ziga xos trilogiyaga aylanadi.
Boisi, Makgregor va Neyt Dias 2016 yili ikki bor o'zaro to'qnash kelishgan. Avvaliga 5 mart kuni Dias Konorni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan. 20 avgust kuni esa aynan Las-Vegasda Konor ochkolar hisobiga ko'ra revansh olishga muvaffaq bo'lgan.
Fikrlar