So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

09 apr 15:08
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Tungi klubdan UFC oktagonigacha…Tomirida Xitoy qoni oqayotgan UFC'dagi eng yaxshi bokschi – Petr Yan haqida

Petr Yan haqida nimalarni bilamiz?

Kelayotgan dam olish kuni Petr Yan amerikalik Aljameyn Sterling bilan revansh jangi o'tkazadi. Quyidagi materialimizda rossiyalik jangchining bolaligi, shaxsiy hayoti va albatta Tailandga bo'lgan muhabbati haqida so'z yuritamiz.

Petr Yan. Rossiyaning UFC'dagi eng yaxshi jangchisi. Petr 1993 yilda Krasnoyarsk o'lkasining qishloqlaridan birida dunyoga kelgan. Bo'lajak sport yulduzining 3 nafar akasi va 4 nafar singlisi bor edi. 

«Mening onam afsonaviy ayol. U ajoyib ish qildi: sakkiz nafar farzandini katta qildi, hech kimni bolalar uyiga bermadi. Barchamizni yaxshi tarbiyaladi. Oilamizda hech kim ichmaydi, chekmaydi, hammaning oilasi bor», - dedi jangchi Match TV kanaliga bergan intervyusida.


Sportga etaklagan kamsitish

Krasnoyarskning 50 darajadan past bo'lgan sovuq iqlimi Petrni chidamli qildi. Keyinchalik – Petr 12 yoshga to'lganida oilasi bilan Dudinkaga ko'chib o'tgan. Uning otasi tomonidan bobosi xitoylik bo'lgan, buvisi gruzin, onasi va uning qarindoshlari esa rus. Yan ota-bobolariga hurmat ko'rsatadi, lekin ko'plab intervyularida rus pravoslavi ekanligini takidlagan. Bolakay o'zining noodatiy familiyasi tufayli maktab bolalarining doimiy kamsitishi va haqoratlariga duchor bo'lgan edi. O'zini himoya qilish istagi uni boks (bundan avval u taekvondo, futbol, kurash va hatto gimnastika sekciyalariga borgan) bilan shug'ullanishga undadi.

O'sha vaqtlarda u ko'cha janglarida qatnashgan, uyiga ko'karishlar va jarohatlar bilan kelgan. Uning charchamas kuchini sarflaydigan joyi yo'q edi – qishloqda bolalar to'garaklari va bo'limlari bo'lmagan. Dudinka shahriga ko'chib o'tganidan keyin hamma narsa o'zgardi.

«Men ikkinchi smenada o'qidim, shuning uchun boshqa ishlar bilan shug'ullanishga muvaffaq bo'lganman», - deya xotirlaydi sportchi.

Oxir-oqibat yigit boksni tanladi. Bolaligidagi kumiri – Kostya Czyuning shon-shuhrati Petrni qatiy harakatga undadi. 

Nikolay Nikolaevich Surjinov Yanning qobiliyatini darhol qadrlab, uning birinchi murabbiyi bo'ldi.

«Aynan u menga 9-sinfdan keyin Omskga ko'chib o'tishimni va boks bo'yicha sport ustasi, butun dunyoning ajoyib sportchilarini tarbiyalagan istedodli pedagog Yuriy Vladimirovich Demchenko bilan o'qishni davom ettirishimni maslahat berdi», - degan edi Yan intervyularining birida. Demchenko vokzalda 15 yoshli o'smir bilan shaxsan uchrashdi va uni sport maktabiga tayinladi. Petr u erda 2 yil o'qiganidan keyin, Sibir davlat jismoniy tarbiya va sport institutiga o'qishga kirdi. Talaba tirikchilik qilish uchun Omskdagi mashhur «Atlantis» tungi klubida pullik janglarda qatnashgan (har bir jang uchun 4000 rubl olgan), qo'riqchilik qilgan. Sportchining o'ziga ko'ra, bu uning uchun qiziqarli tajriba bo'lgan. Tunda mehmonlar kamtar qo'riqchiga yaqinlashib, klubni tark etish talabini jiddiy qabul qilmas edilar. Keyin, albatta, ular o'zlarining xatti-harakatlaridan pushaymon bo'lishardi.

Petr sakkiz yilni professional boksga bag'ishladi, sport ustasi bo'ldi va o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqqanini angladi. O'zini boshqa narsada sinab ko'rish istagi paydo bo'ldi va yigit aralash jang sanatiga qiziqa boshladi. U o'zining debyutini 2013 yilda Irkutskda o'tkazgan va jang haqida turnir boshlanishidan o'n kun oldin bilib olgan. Jang qiyin kechdi, ammo qo'shimcha raundda Yan baribir raqibini nokautga uchratdi. 

Qahramonimiz 2018 yilning yanvar oyida UFC bilan shartnoma imzoladi. Janglaridan keyin Petr «No Mercy» (rahm-shafqat yo'q) taxallusini oldi.


SHaxsiy hayot

Petr rafiqasi Yuliya bilan sport karerasini endigina boshlaganida Omskda tanishgan. O'shandan beri u hamma joyda suyuklisiga hamroh bo'lib, u uchun omad timsoliga aylangan.

2016 yilda ularning birinchi farzandi Daniil dunyoga keldi. Bola mashhur otasiga o'xshash ikki tomchi suvga o'xshaydi. Petr Yan homilador rafiqasi va o'g'li Daniil bilan 2020 yil fevral oyida qisqa tatilga chiqdi - dam olish uchun Tailandga uchib ketdi. Ammo koronavirus epidemiyasi va karantin tufayli mamlakatdan chiqib ketish imkonsiz bo'lib qoldi va oila Puketda deyarli besh oy qolishga majbur bo'ldi. Petr okean bo'yida basseynli villani ijaraga oldi, unda mashg'ulot xonasini jihozladi va o'zi jangga tayyorgarlik ko'ra boshladi.

22 iyun kuni xuddi shu joyda, Tailandda ularning ikkinchi o'g'li tug'ildi, unga Kostya Czyu sharafiga Konstantin ismi qo'yildi. Abu-Dabidagi jangdan so'ng er-xotin Ekaterinburgga qaytishdi, u erda Yan va uning oilasi 2018 yildan beri yashaydi, sportchi esa mahalliy «Archangel Michael» klubida shug'ullanmoqda.


SHaxmatga muhabbat

Bir necha yil oldin Yan katta o'g'lini shaxmat bo'limiga yubordi… Va u qanday qilib bu sport turiga qiziqib qolganini sezmadi. Endi Petr har kuni smartfonda shaxmat o'ynaydi, bu esa uning IQ darajasini yaxshilaydi. Qizig'i shundaki, Yanning ashaddiy raqibi Sterling ham shaxmatga berilib ketdi: Aljamayn shov-shuvli «Qirollik harakati» serialini tomosha qilganidan keyin oq-qora donalarga mehr qo'ydi.


Petr Yan va Tailand

Yan Tailandni juda yaxshi ko'radi. U erga ilk bor 2014 yilda, MMAdagi faoliyatini endigina boshlaganida kelgan. SHu yildan boshlab Tailandga tez-tez kelib turadi, u erda nafaqat dam oladi, balki janglarga ham tayyorgarlik ko'radi.

«Tailand men janglarga, g'alabalarga tayyorgarlik ko'radigan joy. Bu er juda ajoyib. Siz bu erda bo'lsangizgina hammasini o'zingiz tushunib etasiz», - deydi Petr. Keyinchalik, Tailanddagi har bir yig'inni «Tiger Muay Thai» diniy zalida o'tkazdi. Bir vaqtning o'zida UFC'ning ko'plab nomdor jangchilari – Aleksandr Volkanovski, Valentina SHevchenko, Den Xuker, Rafael Fiziev va Xamzat CHimaev kabilar ushbu zalda shug'ullangan.

Yan allaqachon mahalliy aholi bilan til topishib olgan, hatto tailandlik mehmonxona ishchisiga ota-onasini tez-tez ko'rib kelishi uchun skuter sovg'a qilgan. Petrning zarba texnikasi bo'yicha murabbiyi Qayrat Nurmaganbetov bu haqda shunday eslaydi:

“Biz uch oy mehmonxonada yashadik, u erda Den ismli yigit ham santexnik, ham farrosh bo'lib ishlar edi. Den hamma muammolarni hal qilar, barcha ishlarda bizga yordam beradigan haqiqiy mehnatkash yigit. U shu mehmonxonaning kiraverishida uxlaydi. Petya u bilan gaplashdi, uning Birmadan ekanligini, ota-onasi 10 km uzoqlikda yashashini, ularning oldiga borib-kelishi uchun Denga 4 soat vaqt kerakligini bilib oldi. U har kuni bunday sayohatga qodir emas, shuning uchun ular kamdan-kam hollarda bir-birlarini ko'rishadi. Bu orada Petr Denning skuteri bor-yo'qligi, haydashni bilish-bilmasligini ham so'rab oldi. U yigitchaga skuter sovg'a qildi – oilaining tez-tez ko'rishib turishlariga sababchi bo'ldi.

Bir necha kun avval Puketda Yanning sharafiga atab nomalum rassom tomonidan uning graffiti chizildi. Rasm hali yakunlanmagan, ammo unda rossiyalikning Sterlingga taqiqlangan tizza zarbasini yo'llagan vaziyat aks etgani aniq.

Kelayotgan dam olish kuni Yan revansh olishga, bemani xato tufayli yo'qotgan g'alaba va kamarini qaytarib olishga harakat qiladi.

 

Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing