14 iyu 13:19
Yangiliklar
Futbol

Turg'unboevning goli turning eng yaxshisi bo'lishga davogar
Futbolchimizga rasmiy havola orqali ovoz berishingiz mumkin.
Osiyo futbol konfederaciyasi rasmiy saytida jahon chempionati-2026 3-saralash bosqichi doirasida to'qqizinchi va o'ninchi turlarda kiritilgan eng yaxshi gollarni saralab oldi va ularning eng chiroylisini aniqlash uchun ovoz berishni yo'lga qo'ydi.
Etiborlisi, nomzodlar orasida O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Azizbek Turg'unboevning Qatar darvozasiga urgan goli ham o'rin olgan.
Davogarlar safida Aziz Behich (Avstraliya), Musab Al Juvayr (Saudiya Arabistoni), O Hyon Gu (Koreya Respublikasi), Tamer Seyam (Falastin), Ali Olvan (Iordaniya), Konor Metkalfe (Avstraliya), Amirhusayn Husaynzoda (Eron), Li Kan In (Koreya Respublikasi) va Daichi Kamada (Yaponiya) o'rin olgan.
Havola :
Fikrlar