29 iyu 07:20
Yangiliklar
Dzyudo
Turkiyadagi xalqaro qo'shma mashg'ulot davom etadi
Malumki, shu kunlarda dzyudo bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazmoqda.
Ushbu xalqaro mashg'ulotlarda mezbonlar va O'zbekistondan tashqari Rossiya, Gruziya, Moldova, Ukraina, BAA, Qirg'iziston terma jamoalari ishtirok etyapti. Hamkorlikda o'tkazilayotan mashg'ulotlar barcha ishtirokchi davlat terma jamoalariga Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi.
Ilias Iliadis boshchiligida kuniga ikki mahaldan tashkil etilayotgan mashg'ulotlar 1 iyulga qadar davom etadi. SHu kuni terma jamoamiz Xorvatiyaga yo'l oladi. 1-7 iyul kunlari oralig'idagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga Evropaning ushbu mamlakati mezbonlik qiladi. Bo'lajak yig'inga ayni paytda Slovakiyada mashg'ulot o'tkazayotgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham qo'shiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar