26 iyu 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Turman hamyurti Porterni mag'lub etib, kamarini o'zida saqlab qoldi
AQSHning Bruklin shahrida ham boks kechasi bo'lib o'tdi. Barclays Center arenasida o'tkazilgan oqshomning markaziy jangida yarim o'rta vazn toifasida WBA (Regular) yo'nalishi chempioni Kit Turman ringga ko'tarildi.
Amerikalik 27 yoshli chempion o'ziga tegishli chempionlik kamarini sobiq jahon chempioni 28 yoshli hamyurti SHon Porterdan himoya qildi. Teng kurashlar ostida kechgan jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi.
O'n ikki raund yakunlari bo'yicha uchchala hakam ham bir xil 115-113 hisobida g'alabani amaldagi chempionga tortiq etishdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar