25 iyu 16:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Turman Pakyaoni ikkinchi raunddayoq nokaut qilishiga pul tikdi
Yarim o'rta vazn toifasida WBA Super kamari sohibi Kit Turman Menni Pakyaoga qarshi bo'lajak jangi haqida fikr bildirdi.
"Mennidan yoshroqman. Mening qo'l harakatlarim unikidan ancha tez. Pakyaoni zarbalar iskanjasida qoldirshga vada beraman. U bilan quvlashmachoq o'ynash niyatida emasman va unga jang boshlanishi bilan tashlanaman. Pakyaoni dastlabki 1-2 raunddayoq nokaut qilishimga 10 000 AQSH dollari tikaman", - dedi Turman.
Eslatib o'tamiz, Turman - Pakyao jangi 20 iyul kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar