13 apr 15:46
Yangiliklar
U-23 Osiyo Kubogi. To'rt legionerimizning musobaqaga borishi aniq bo'ldi, faqat bir nafari qoldi
Xabaringiz bor, FIFA kunlari bo'lmagani sababli legionerlarning bu musobaqada ishtirok etishlari so'roq ostida edi. "Rubin" klubi Umarali Rahmonalievni musobaqaga qo'yib yuborishi ancha oldindan malum edi.
"Qayrat" ham Ibrohimhalil Yo'ldoshevni U-23 Osiyo kubogiga yuborishga rozi bo'lgandi. Kuni kecha CSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev 26 aprel kuni (chorak finaldan avval) terma jamoa ixtiyoriga etib borishi malum bo'ldi.
"Al Vahda" vakili Hojimat Erkinov esa 22 apreldan keyin Dohaga uchib boradigan bo'ldi.
Franciyaning "Lans" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov masalasi hozircha ochiq turibdi. O'FA rahbariyati va futbolchining agenti "Lans" bilan so'nggi muzokaralarni olib borishmoqda.
Fikrlar